Yengil atletika va uni
Ko‘pkurash mashqlarining asosini
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Ko‘pkurash mashqlarining asosini sportchilarning tayyorgarlik
holati va texnikasi tashkil qiladi. Mashg‘ulotlar vaqtida umumiy sifatlar shakllantirilishi boshlanadi, keyin esa – maxsus mahorat sayqalanishiga o‘tiladi. Mashg‘ulotlar uchun mashqlarni tanlab olishda biz tayyorgarlik mashqlaridan boshlaymiz, keyin esa – rivojlantiruvchi mashqlarga o‘tiladi, har ikkala holatda ham umumiy mashqlardan maxsus mashqlarga o‘tish amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar uslubiyatini tanlashda biz nisbatan kamroq darajada intensivlikka ega bo‘lgan uslublardan nisbatan ko‘proq darajada intensivlikka ega uslublarga o‘tishni amalga oshiramiz. Sprintning (yuguruvchi sportchi) ideal holatdagi texnikasi – bo‘shashish va sportchining doimiy nisbiy qadam tashlashi, ritm tavsifda to‘siqlarni oshib o‘tish, shu bilan bir vaqtda sportchning gavdasi tik turgan holatda ushlanishi, me’yoridan chetga og‘ishlar nosog‘lom ko‘rinishda bo‘lmasligi, oyoqlar uzun tashlanishi holatida namoyon bo‘ladi. Sakrashlarda biz yugurish va sakrash o‘rtasida silliq bog‘lanish mavjud bo‘lishiga diqqat – e’tibor qaratamiz, shuningdek, sakrash vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish muhim hisoblanadi. Uloqtirishda biz oyoqlarning asta – sekin birlashtirilishi, gavda va qo‘llarning yakuniy hal qiluvchi, final lahzasida zo‘r berishi holatini yuzaga keltirishga intilamiz. Mashg‘ulotlar va musobaqa vaqtida ko‘pkurashchi – sportchilar jismoniy va ma’naviy – axloqiy gigiyena, oqilona tavsifda ovqatlanish haqida bilimlarni olishadi, shuningdek, ular jadval asosida ishlashni o‘rganishlari talab qilinadi. Sporchilar musobaqa vaqtida ularning imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olishlari uchun, o‘z raqiblarini va ularning qo‘lga kiritgan natijalarini yaxshi bilishlari zarur hisoblanadi. Texnik mahoratni tizimli tarzda takomillashtirib borish – bevosita, texnik turlar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishish imkonini beruvchi tayyorgarlik darajasining o‘zgartirilishini anglatadi. Mashg‘ulotlar natijaga erishish uchun maxsus mahoratni rivojlantirishga yo‘nal- 524 tiriladi, bunda ko‘pkurashchilar uchun maxsus mashqlardan foyda- laniladi va ularning sportda yoki professional sportda yuksak natijalarga erishishlari imkoniyatlarini aniqlash asosida maqsadlarni rejalashtirishni nazarda tutadi. Maxsus faza davomida intensiv uslublar ustuvorligiga amal qilinadi, bunda mashqlar va alohida turlar bo‘yicha texnikaning takomillashtirilishiga nisbatan asosiy davra tavsifidagi yonda- shuvlardan voz kechiladi. Mashg‘ulotlarning ko‘pkurash sport turiga oid o‘ziga xos tavsiflari maxsus bosqichda kelgusida to‘siqlar osha yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar uchun ustuvorlikka ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Tayyorgarliklarning davriy tavsiflarini qayd qilib o‘tamiz. Alohida mashg‘ulotlar davrlarida mashg‘ulotlarning tavsiflari sezilarli darajada o‘zgaradi. Ko‘pkurash sporti 2 – 5 ta tur bo‘yicha bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqalar son miqdori borgan sari ortib borishi kuzatiladi. Yosh ko‘pkurashchilar sprint, to‘siqlar osha yugurish va uzunlikka sakrash kabi turlarda ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu bosqichining tugallanishi bo‘yicha sportchilarning ko‘pkurash sport turi yo‘nalishida istiqbollari haqida qarorlar chiqariladi. Hozirgi vaqtda professional tavsifga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarning asosiy belgilari quyidagilardan tashkil topadi: mashg‘ulotlar yuklamalarining mutloq darajada individuallashtirilishi, yakka tartibdagi turlarda texnikaning qo‘yilishida trenerlar bilan birgalikda mutaxasislarning maslahatlaridan foydalanish, salomatlik holati bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarini bartaraf qilish uchun va kuchning tezkor qayta tiklanishi maqsadlarida tibbiy preparatlar keng spektridan foydalanish, yaxshi ob – havo sharoitida uzoq vaqt davomiyligida mashg‘ulotlarni olib borish. Yettikurashda ixtisoslashtirish davomida bir vaqtning o‘zida ko‘pkurashning barcha turlari o‘rganiladi yoki ma’lum bir ketma – ketlikda o‘rganiladi (masalan, sprint – to‘siqlar osha yugurish, uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, o‘rta masofalarga yugurish). Ketma – ketlikni mashq qiluvchilarning yakka tartibdagi (individual) o‘ziga xosliklari, gavda tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlari, ularning qiziqishlari va trenerning 525 ijodiy yondoshuvlariga bog‘liq holatda o‘zgartirish mumkin. Guruhni yig‘ish asosini shogirdlarning yoshi emas, balki texnikani o‘zlashtirishi, testlarni bajarishi va ko‘pkurash bo‘yicha mutloq natijalari tashkil qilishi talab qilinadi. Biroq, qanday darajada tayyorlanganligidan qat’iy nazar, ayol sportchilar faqat o‘z tengdoshlari bilan musobaqalarda qatnashishlari talab qilinadi. III bosqichning vazifalari – 1 – razryad va sport nomzodligiga qo‘yiluvchi talablarni bajarishdan tashkil topadi. Bu davrda mashg‘ulotlarda sportchining orqada qolishi kuzatiluvchi yettikurash turlariga alohida e’tibor qaratish, biroq boshqa turlar bilan shug‘ullanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik talab qilinadi. Takomillashtirish bosqichi 2 – 6-yilgacha davom etishi mumkin. Trener va sportchi ayol shifokor bilan hamkorlikda yuksak natijaga erishish ko‘rinishidagi umumiy vazifani hal qiladi. Mashg‘ulotlar yetarlicha darajada qat’iy tartibda va intensivlik darajasi doimiy ravishda oshirib borilishi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bunda musobaqalarda chiqishlar tahlil qilinadi, natijalarni yaxshilash imkoniyatlari qidirib topiladi. Shuningdek,, sportchi ayollarda o‘rganishning barcha bosqichlarida nazariy va axloqiy – ma’naviy, iroda jihatidan tayyorgarlik ham esdan chiqarilmasligi zarur hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling