Yengil atletika va uni
Yettikurashning rivojlanishi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
2.1. Yettikurashning rivojlanishi
Amaliyotda ayollar o‘rtasidagi yengil atletika ko‘p kurash sport turining rivojlanish davri nisbatan solishtirilganda, unchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olmasada, biroq katta qiymatdagi transformatsiyalarga uchraganligi qayd qilinadi. 2001-yilda halqaro yengil atletika Fede- ratsiya si tomonidan ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash sport turi bo‘yicha musobaqalar dasturiga navbatdagi o‘zgartirishlarni kiritish amalga oshirilgan. Jumladan, ayollar o‘rtasidagi yengil atlektika ko‘pkurash sport turi ko‘pincha o‘zgarishlarga uchrovchi sport sohasi sifatida mutaxassislar tomonidan doimiy diqqat – e’tibor qaratiluvchi ob’yekt- lardan biri sifatida o‘rin tutadi. Ayollar o‘rtasida ko‘pkurash bo‘yicha dastlabki musobaqa 1922-yilda Monte-Karloda o‘tkazilgan II Ayollar Olimpiadasi muso- baqalari hisoblanadi (bu musobaqa ayollar o‘rtasidagi engil atlektika sport musobaqalarining zamonaviy Olimpiada o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilishiga qadar davrda amalga oshirilgan). Ko‘pkurash turlari o‘z tarkibiga beshta sport turini qamrab oladi. Biroq, 1922–yildan 1933-yilga qadar turli xil mamlakatlarda turli xil sport musobaqalari dasturlari tarkibida beshkurash musobaqalari o‘tkazilgan. Jumladan: •1922-yilda – 60 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, 200 metrga yugurish; •1924-yilda – 60 metrga yugurish, 1,5 kg og‘irlikdagi diskni uloqtirish, uzunlikka sakrash, 500 gramm og‘irlikdagi nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish; •1927-yilda – 100 metrga yugurish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 1,5 kg og‘irlikdagi diskni uloqtirish, 800 metrga yugurish; •1928-yilda – 100 metr masofaga yugurish, nayza uloqtirish, uzoqlikka sakrash, disk uloqtirish, 800 metr masofaga yugurish. 517 Keyinchalik ayollar o‘rtasidagi asosiy ko‘pkurash sport turi beshkurash ko‘rinishida qaror topgan, 1949-yildan 1996-yilga qadar bu tarkibga – 200 metr masofaga yugurish, 80 metrga tezlik bilan yugurish, balandlikka va uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish mashqlari kiritilgan. 1969-yildan boshlab 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish bilan birgalikda beshkurash tarkibiga 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish mashqlari ham kiritilgan. 1933-yildan boshlabgina, halqaro ayollar sport federatsiyasi tomonidan rekord natijalar qayd qilinishi mumkin bo‘lgan yagona dastur tasdiqlangan. 1933-yilda ko‘pkurash tarkibi – 100 metr masofaga yugurish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, nayza uloqtirish mashqlaridan tashkil topgan. Beshkurash bahslari bo‘yicha dunyoda dastlabki rekordchi ayol – T.Mauermayer hisoblanadi. U tomonidan o‘rnatilgan rekord natija 1946-yilgacha saqlab qolingan. 1948-yildan 1977-yilga qadar beshkurash dasturi tarkibi yana sezilarli darajada o‘zgartirilgan, jumladan bunda yangi yo‘nalish tarkibga kiritilgan va shuningdek,, mashqlarni bajarish ketma – ketligi tartibi o‘zgartirilishi amalga oshirilgan. 1948-yilda ko‘pkurash tarkibi – 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 200 metr masofaga yugurish mashqlaridan tashkil topgan. 1949-yilda esa – yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 200 metr masofaga yugurish, 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish, uzunlikka sakrash mashqlarini o‘z ichiga olgan. Ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash sport turining tashkil topganligiga nisbatan ko‘p vaqt bo‘lmaganligiga qaramasdan, bu davrda sport musobaqalarida hisoblashlar tizimi, shuningdek, ko‘pkurash tarkibiga kiritiluvchi yengil atletika sport turlari, ularning soni, bajarilishi tartibi ketma – ketligi bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Beshkurash sport turi 1950-yilda birinchi marta Bryussel shahrida o‘tkazilgan Yevropa chempionati dasturi tarkibiga kiritilgan. 1961-yilda ko‘pkurash sport turining tarkibi – 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 200 metrga yugurish mashqlaridan tashkil topgan. 518 1964-yilda ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash sport turi birinchi marta Tokio shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan. Bu musobaqada ushbu sport turi yo‘nalishida oltin medalni Sobiq Ittifoqlik sportchi ayol – I.Press qo‘lga kiritgan (uning umumiy natijalari – 5246 ochkoni tashkil qilgan). 1969-yilda ko‘pkurash tarkibi – 100 metrga tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 200 metr masofaga yugurish mashqlaridan tashkil topgan. 1977-yilda esa – 100 metrga tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 800 metr masofaga yugurish mashqlaridan tashkil topgan. Beshkurash sport turining tarixi 1980-yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan Olipiada o‘yinlarida tugagan. Bu musobaqada birinchi o‘rinni Sobiq Ittifoqlik sportchi ayol – N.Tkachenko egallagan, u umumiy hisobda 5083 ochko to‘plagan va beshkurash bo‘yicha oxirgi dunyo rekordini o‘rnatgan. Keyinchalik, 1981-yilda IAAF qaroriga binoan, ayollar o‘rtasida yangi yengil atletika sport turi – ya’ni, yettikurash bahslari tashkil topgan. 1981-yilda yettikurash sport turi tarkibiga – 100 metr masofaga tezlikda yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, 800 metr masofaga yugurish mashqlari kiritilgan (ilovada keltirilgan 15 – jadvalga qarang). Ayollar o‘rtasida yettikurash sport turi yo‘nalishida o‘tkazilgan musobaqalarda dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatgan sportchilar ro‘yxati faqat uchta sportchidan tashkil topgan: 1. Raymona Noybert (Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi) – 6836 ochko, 1983-yil (13.42 – 15.25 – 1.82 – 23.49 – 6.79 – 49.94. – 2:07.51); 2. Sabina Petst (Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi – 6946 ochko, 1984-yil (13.42 – 15.37 – 1.80 – 23.37 – 6.86 – 44.62 – 2:08.93) 3. Djeki Djoyner Kersi (AQSh) – 7291 ochko, 1988-yil (12.69 – 15.80 – 1.86 – 22.56 – 7.27 – 45.66 – 2:08.51) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling