Yengil atletika va uni
Masofa bo‘ylab yugurish tezligining dinamikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Masofa bo‘ylab yugurish tezligining dinamikasi. Har xil mala-
kali g‘ovchilar masofa bo‘ylab tezlik dinamikasini ta’minlashda bir- birlaridan ancha farq qiladilar. Yuqori malakali sportchilar mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha qisqa masofaga yuguruvchilarga o‘xshab ketadilar. Uchinchi g‘ovga eng yuqori tezlikda hujum boshlaydilar (30-metr) va shu tezlikni 7-g‘ovgacha saqlab turadilar, keyin tezlik asta kamaya boshlaydi. Past malakali sportchilar faqat 1-g‘ovgacha olgan tezliklaridan 3-4-g‘ovlar orasida foydalanadilar, so‘ng tezlik pasaya boradi. Tezlik dinamikasidagi tafovutlarning sababi shundaki, past malkali g‘ovchilar to‘siqlarni oshib o‘tishda yo‘l qo‘ygan xatolari yugurish tezligining pasayishiga olib keladi. Harakatlanishga avvaldan hozirlik ko‘rish ham turlicha bo‘ladi. Yuqori toifali sportchilar har doim harakat sur’atini oshirishga intiladilar. Masofada ular g‘ovlar osha yugurish va g‘ovlarni oshib o‘tish hisobiga bunga erishadilar. Masofaning oxirida, charchoq kuchayib borar ekan, g‘ovlar osha birmuncha zahira bilan sakrash lozim bo‘ladi, aks holda to‘siqqa urilib ketish mumkin. Boshqa guruh g‘ovchilari 6-7-g‘ovdan oshib o‘tganidan so‘ng, e’tiborini qadamlari uzunligiga qaratishi kerak bo‘ladi. Oxirgi g‘ovdan keyin marragacha bo‘lgan oraliq, ayniqsa bor kuch bilan, tez-tez qadam tashlab o‘tilishi lozim. 182 Texnikani izchillik bilan egallab borish jismoniy sifatlarni rivojlan- tirish bilan barobar amalga oshiriladi. Harakatlarning tashqi manzarasi bilan birga yugurishning harakat tuzilishi ham takomillashtiriladi. Tayanchli va parvoz bosqichlarining nisbati mutanosiblashib boradi. Tayanchli fazalar qisqaradi, yugurishning umumiy vaqti ham kamayadi. Uchinchi fazalar avval ortadi, mahoratning oliy nuqtasiga etganda, sportchilar harakatlarini faollashtirishga qodir bo‘lgan davrda esa, parvoz vaqti qisqaradi (3-jadval). 3-jadval Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling