Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
G‘ovdan o‘tishga
tayyorlanish G‘ovdan sakrash G‘ovga o‘tishga G‘ovdan o‘tish G‘ovdan tushish 28-rasm. 100 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi Ayollarda g‘ov ustidan uchib o‘tish traektoriyasi erkaklarnikiga nisbatan birmuncha qiyaroq. Ko‘pincha to‘la rostlanmagan oyoqqa tushish holatini kuzatish mumkin. Itariluvchi oyoq harakati erkaklar bajaradigan harakatdan farq qilmaydi. Qo‘llar harakati, oyoqlar harakatining ritmi va amplitudasi ancha yig‘inchoqlik kasb etadi. Itariluvchi oyoq tomonidagi qo‘l oldinga kamroq, pastga ko‘proq uzatiladi, ikkinchi qo‘lning tirsagi erkaklarnikiga nisbatan orqaga qisqaroq siljiydi. G‘ovlar orasida yugurish.G‘ovlar orasidan yugurib o‘tish erkaklar- ning yugurishidan kam farq qiladi. Asosiy harakat hozirligi xuddi o‘shanday – erga “qo‘nish” paytida barcha harakatlarning faolligini oshi rish lozim. Bunda ayollar ancha manfaat-liroq holatda bo‘ladilar, chun ki g‘ovlar orasidagi masofa sprinterlik yugurishi uchun ko‘proq mos keladi – g‘ovlar orasida tanglik hissi paydo bo‘lmaydi. 184 G‘ovlar orasida yugurish g‘ovsiz yugurishdagi o‘lchamlar bo‘yicha, tabiiyroq va kuchliroqdir. Qadamlar nisbati quyidagicha: erga “qo‘nish” – 120 sm; 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 197 sm; 3-qadam – 183 sm; itarilish – 200 sm, ya’ni erkaklarning qadamlaridan jiddiy farqlanmaydi. Biroq dastlabki qadamning uzunligi uni sun’iy uzaytirish hisobiga emas, balki g‘ovni oshib o‘tish paytida tezlikning kamroq yo‘qotilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayollarda g‘ovlar orasidagi siklda tezlik kattaligi kamroq tebranadi, shuning uchun qadamlar uzunligida ham tafovut kamroq. Shunday qilib, birinchi qadamning uzunligini oshirishga alohida e’tibor qaratmagan holda, itariluvchi oyoq tizzasini harakat yo‘nalishi chizig‘iga tezlik bilan yaqinlashtirish va oyoqni yuqoridan harakatlantirib, boldirni ko‘tarmagan holda erga qo‘yish kerak. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling