Yengil atletika va uni
m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
6.4. 400 m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi
400 m ga g‘ovlar osha yugurish sportchiga katta talablar qo‘yadi. Masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tish lozim, uning so‘nggi choragida esa sportchi qattiq charchagan holatda bo‘ladi. To‘siqlar bir-biridan uzoqqa joylashtiriladi va burilishlarda ham, to‘g‘ri yo‘lkachada ham katta tezlikda oshib o‘tiladi. Burilishlarda yugurish va masofaning turli kesmalarida rejalash- tirilgan miqdordagi qadamlarni bajarish asosiy texnik murakkablikni yuzaga keltiradi. Burilishda sportchining o‘ng oyoq bilan itarilishi qulayroq. Bu holda u g‘ovdan oshib o‘tish qoidasini buzish xavfidan cho‘chimay, yo‘lkacha qirg‘og‘iga yaqinroq yugurishi mumkin. O‘ng oyoq bilan itarilish markazga intiluvchi kuchni engish jihatidan ham afzalroq – yuguruvchi burilish markazi tomon og‘ib harakatlanadi. Ikkinchi tomondan, bu itariluvchi oyoqning g‘ov ortidagi faoliyatini qiyinlashtiradi. G‘ovning balandligi gavdaning yugurish holatini saqlagan holda uni sezilarsiz egilib oshib o‘tishga imkon beradi. Bu OMO‘ tebranishlarini kamaytiradi. 185 29-rasm. 400 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi Chap oyoq bilan g‘ov ustiga itarilishda sportchi yo‘lkachaning ichki qirg‘og‘idan 60-80 sm masofada yugurishga majbur bo‘ladi, aks holda uning tizzasi yoki oyoq kafti g‘ov plankasi uchidan nariga o‘tib ketishi mumkin, bu musobaqa qoidalarini buzish hisoblanadi. G‘ov ustidan oshib o‘tish jarayoni ham murakkablashadi, masofa esa, burilishda 4-5 ta g‘ovni oshib o‘tish hisobga olinsa, butun 4 metrli kesmada 3-4 metrga uzayib ketadi. G‘ovni oshib o‘tish vaqtida oyoqlar harakati amplitudasi g‘ovlar orasidagi qadamlar miqdoriga bog‘liq. G‘ovlar orasida 15 qadam ritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, bu harakatlar qisqaroq, 14 qadam ritmida – kengroq bo‘lib, 13 qadamda amplituda mak simal darajaga etadi. 400 va 110 m masofada g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasida jiddiy tafo vutlar yo‘q. Startdan tezlik olish. Startdan yugurib tezlik olish g‘ovlar orasida yugu rish ritmiga bog‘liq. 15 qadamlik ritmdan foydalanilsa, birinchi g‘ov gacha bo‘lgan masofani (45 m) 22 qadamda yugurib o‘tish mum- kin, 14 qadamlik ritmda – 21 qadam, 13 qadamlik ritmda esa – 20 qa dam. Qadamlarning bunday nisbatida startdan tezlik olishda yugu- rish ning xususiyati qadamlarning uzunligi bo‘yicha ham, ritmiga ko‘- ra ham masofa bo‘ylab yugurishga yaqin turadi. Ayollarda 400 m ga yugurishda g‘ovlarning joylashuvi xuddi erkak larning musobaqalaridagi kabi, lekin g‘ovlarning baland-ligi ki- chikroq. So‘nggi vaqtlarda butun masofani 15 qadamlik ritmda yugu- rib o‘tishga qodir bo‘lgan ayollarni ko‘rish mumkin. Ayollarning 15 qadami erkaklarning 13 qadamiga teng. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling