Yengil atletika va uni


G‘ovlar osha yugurish samaradorligini belgilovchi omillar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

6.6. G‘ovlar osha yugurish samaradorligini belgilovchi omillar
G‘ovlar osha yugurish texnikasining tuzilish modeliga birlashtiril-
gan alohida biomexanik xususiyatlar va ularning o‘lchamlari sport-
chining harakat faoliyati, umuman, harakatlari tizimi, sport tex nika-
sining mukammalligi ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosi bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin. Bu xususiyat va o‘lchamlar quyidagilarni belgilaydi:
- kinematik o‘lchamlar (makoniy, vaqt va makoniy-vaqt o‘lcham-
lari);
- dinamik o‘lchamlar; ular quyidagilarni ifodalaydi:
1) sportchi tanasi qismlarining o‘zaro ta’sirlashuvi;
2) tashqi muhit bilan munosabat (kuchlanish, tayanchning reak-
siyasi va b.);
- umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar, masalan: g‘ovlar osha yugu-
rishning ritmli tuzilishi, sportchi harakatlarining tashkil etilishi, g‘ovni 
oshib o‘tishda harakat faoliyatining koordinatsion tuzilishi. 
Mutaxassislarning qayd etishicha, g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasi 
o‘lchamlarining butun yig‘indisi orasidan 8 tasi uning samaradorligiga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, demak, ko‘p jihatdan, g‘ovlar osha yugurish 
natijalarini belgilaydi. Bular, birinchi navbatda, makoniy o‘lchamlardir:
- g‘ovdan itarilish joyigacha bo‘lgan masofa;
- g‘ovdan OMO‘ traektoriyasining eng yuqori nuqtasi proeksiya-
sigacha bo‘lgan masofa;
- g‘ovdan “eng uzoqdagi” qism massasining markazi – siltanuvchi 
oyoq kaftigacha (vertikal bo‘ylab) bo‘lgan masofa;
- g‘ovdan erga “qo‘nish” joyigacha (g‘ovdan tushishda) bo‘lgan 
maso fa;


189
- g‘ov osha qadam uzunligi;
- g‘ovdan (plankaning yuqorigi qirrasi) “eng uzoqdagi qism mas-
sasining markazi – siltanuvchi oyoq kaftigacha (gorizontal bo‘y lab) 
bo‘lgan masofa. 
Burchak o‘lchamlari:
- g‘ovga hujum paytida gavdaning og‘ish burchagi;
- g‘ov ustidagi holatda gavdaning vertikalga nisbatan og‘ish bur-
cha gi. Bu ko‘rsatkichlar g‘ovlarni oshib o‘tish va ular orasida yugurish 
samaradorligi uchun nihoyatda muhim bo‘lganligi sababli g‘ovchilarni 
tayyorlash jarayonida aynan ularga katta e’tiborni qaratish zarur. 
Metodologiya nuqtai nazaridan buni shunday ifodalash mumkin:
1. G‘ov osha qo‘yiladigan qadam optimal darajada qisqa bo‘lishi 
kerak.
2. Siltanuvchi oyoq harakatining faolligi. Harakatlar juda tez 
bajariladi, oyoq tizza bo‘g‘imida imkon qadar rostlanishi, boldir 
tizzadan oldinga o‘tib ketmay, balki uning ortidan borishi lozim.
3. G‘ovga itarilish vaqtida gavdaning egilishi. G‘ovga tez va faol 
hujumni ta’minlash uchun egilish darajasi sprinterlik yugurishiga 
nisbatan kuchliroq bo‘lishi kerak.
- OMO‘ trayektoriyasi. Uning eng yuqoridagi nuqtasi albatta 
g‘ovga etishi zarur – bu g‘ov osha qo‘yiladagan qadamning optimal 
ravishda bajarilishini hamda g‘ovlar osha yugurish samaradorligini 
ta’minlaydi.
- siltanuvchi oyoqni tizza bo‘g‘imida imkon qadar rostlash. Bu, 
albatta, g‘ovga qadar bajarilishi, keyin esa oyoq faollik bilan to‘xtab 
qolmay, g‘ov ortiga tusha boshlashi lozim.

g‘ov ustidan oshib o‘tib erga “qo‘nish” vaqtida gavdaning 
egilishi. G‘ovlar orasida kuch bilan yugurish uchun egilgan holatni 
saqlab turish va gavdani rostlamaslik kerak.


190
4-jadval 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling