Yengil atletika va uni


m ga g‘ovlar osha yugurishga o‘rgatish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

6.5. 400 m ga g‘ovlar osha yugurishga o‘rgatish
Qisqa masofaga g‘ovlar osha yugurish texnikasi egallab olingach
400 m masofaga g‘ovlar osha yugurish texnikasini o‘rgatishga 
o‘tiladi. 110 m yoki ayollarda 100 mg‘ovlar osha yugurish bo‘yicha 
chiroyli tayyorgarlik ko‘rgan sportchilargina yugurish texnikasini 
o‘zlashtirishda tez rivojlanishga erishishi hamda uzoq g‘ovli maso-
falarda sport natijalarini oshirib borishi mumkin. 
400 m masofaga g‘ovlar osha yugurishni o‘rgatish izchilligi
1-vazifa. Birinchi g‘ovgacha va g‘ovlar orasida yugurish ritmini 
o‘rgatish.
Vositalar. 
1. Birinchi g‘ovga qadar burilish bo‘ylab masofani (45 m) yo‘lka-
dagi belgilar bo‘yicha 22 qadamda yugurib o‘tish. 
2. To‘g‘ri yo‘lkachadan 2-3-g‘ovlarni yugurib o‘tish. G‘ovlar ora-
sidagi masofa 35 m, baholar bo‘yicha itariluvchi oyoqqa mo‘ljallab 
15-17 qadam bajarish. 
3. Yugurish yo‘lkachasidagi belgilarsiz xuddi shuning o‘zi.
4. Burilish bo‘ylab xuddi shuning o‘zi.
2-vazifa. Yugurish ritmi va g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasini tako-
mil lashtirishga yordam berish.
Vositalar. 
1. Start chizig‘idan birinchi g‘ovgacha masofani burilish bo‘ylab 
to‘la kuch bilan yugurib o‘tish.
2. Birinchi burilish bo‘ylab yugurib, 2 ta g‘ovdan oshib o‘tish.
3. 200 m yugurib, 5 ta g‘ovdan oshib o‘tish.
4. 300 m yugurib, 8 ta g‘ovdan oshib o‘tish.
5. Mashg‘ulotlarda to‘la masofani yugurib o‘tish va musoba-
qalarda ishtirok etish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Yangi masofani yugurib o‘tishga endi ki-
rish gan sportchilarga quyidagilarni tavsiya etish mumkin: g‘ovlar ora-
sida 15 qadam (ayollar uchun 17 qadam) bajarib, dastlabki 5 g‘ovni 


188
oshib o‘tish, beshinchisidan so‘ng 17 (ayollarda – 19)qadamli ritmga 
o‘tish. 
G‘ovlarni oshib o‘tish texnikasini o‘rgatishda burilish bo‘ylab 
yugurish paytida o‘ng oyoq bilan itarilishga ustuvorlikni bergan holda 
g‘ovni har ikkala oyoq bilan oshib o‘tish ko‘nikmasini hosil qilish 
juda muhim, chunki bunday itarilish burilish markazi tomon og‘gan 
holda yo‘lkachaning ichki chekkasidan yugurishga imkon beradi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling