Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrash mashqlarida shug‘ullanuvchi son, 
tizza va boldir, tos suyaklarida, depsinish oyog‘ini qo‘yishda va bu-
kish da uni tarangligini sezishi.
Oyoqni hamma suyaklarida faol rostlanishga erishish.
Sakrashni uchish fazasida, havoda turg‘unlikka erishish.
4-vazifa. Umumiy tezlanish hamda oxirgi depsinish oldidagi qa-
dam lar ritmiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Depsinish oldidagi qadamlarni xususiyatlari bilan tanishtirish.
2. 4-6 tezlanish qadami bilan oyoqni faol qo‘yishga e’tibor bergan 
holda, depsinish joyidagi harakatni eshkak eshgan singari qilib 
uzunlikka sakrash.
3. D.h. – depsinadigan oyoq oldinda, siltanadigan orqada, 6-8 
tezla nish qadamidan, oxirgi qadamlarni belgi bo‘yicha yugurib kelib 
sakrash.
4. D.h. – oyoqlar bir chiziqda, qo‘llar belda, 10-12 yugurish qada-
miga tezlanish bilan oxirida depsinmaslik bilan yugurish.
5. D.h. – yuqoridagidek, to‘liq yugurishni aniqlash.
6. D.h. – depsinadigan oyoq oldinga, siltanuvchi orqada. 25-35 m 
tezlanish bilan oxirida depsinmasdan va depsinish bilan yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Siltashni boldir bilan emas, balki sonda 
bajarilishiga e’tibor berish.
5-vazifa. Yerga tushish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Turgan joydan uzunlikka sakrab, mumkin qadar oyoqlarni oldin-
ga “uloqtirib tashlash”.
2. 3-5 qadamdan yugurib kelib uzunlikka “qadamlab” sakrash. 
Uchish o‘rtasida depsinuvchi oyoqni silkinch oyoqqa yaqinlashtirib


256
erga tushish oldidan gavdaning holatini to‘g‘rilash. Keyin erga tushib, 
oyoqlarni bukib, qo‘llarni oldinga ko‘tarib, olg‘a chiqib ketish.
3. Qisqa yugurib kelib, erga tushadigan joydan yarim metr berida 
20-40 sm balandlikka o‘rnatilgan planka ustidan uzunlikka sakrash.
4. Qisqa yugurib kelib, erga tushish mo‘ljallangan joyga to‘shalgan 
qog‘oz lenta ustidan uzunlikka sakrash.
5. Bir oyoqda depsinib, ikkinchisini tos balandligigacha ko‘tarib, 
yuqoriga qayta-qayta sakrash. Bunda gavda sal olg‘a engashadi.
6. Shu mashqni sekin yugurib, har 4 qadamdan keyin 5-qadamda 
depsinib bajarish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling