Yengil atletika va uni


-rasm. Yugurib kelib “qaychi” usulida uzunlikka sakrash Erga tushish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

38-rasm. Yugurib kelib “qaychi” usulida uzunlikka sakrash
Erga tushish. Sakrashning bu yakuniy qismi uning uzoqligi uchun 
katta ahamiyatga ega. Erga tushishga tayyorlanish uchishning oxirgi 
qismida, sakrovchining UOM itarilish vaqtida uning balandligigacha 
tushgan paytda boshlanadi.
Sakrovchi oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan tekislaydi, elka oldinga 
uzatiladi, tirsak bo‘g‘imidan bir oz bukilgan qo‘llar imkoni boricha 
orqaroqqa uzatiladi. Erga tushish samarali bo‘lishi uchun oyoqlarni 
shunday ushlab qolish kerakki, ularning uzunasiga (bo‘yiga) o‘qi erga 
tushish sathiga nisbatan o‘tkirroq burchak ostida bo‘lishi kerak (39-
rasm).
39-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda yerga tushish.
• – aylanish bilan oldindan yerga tushish; o – to‘g‘ri yerga tushish
Oyoq kafti yer sathiga (qumga) tegishi bilan sakrovchi qo‘llarini 
oldinga uzatadi, bunda u oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan bukib, UOMni 


253
oyoq kaftining qumga tegish chizig‘i orqasiga o‘tkazadi. Ba’zi 
sakrovchilar yonga ketish bilan erga tushishni qo‘llaydilar, ya’ni 
oyoq kaftlari qumga tegishi bilan sakrovchi qaysi tomonga ketishni 
bajarayotgan bo‘lsa, shu tomondagi oyog‘ini ko‘proq bo‘shashtiradi, 
bunda o‘ziga qo‘llari va yelkalari bilan faol yordam bergan holda 
ketish tomonga keskin burilish amalga oshiriladi. Burilish orqa 
orqali, ya’ni orqaga harakat qilish bilan, ayni paytda boshqa yelka va 
qo‘lni oldinga uzatish bilan bajariladi. Shuni yodda saqlash lozimki
qo‘llarni barvaqt oldinga uzatish oyoqlarning pastga tushib ketishiga 
sabab bo‘ladi va ertaroq erga tushishga olib keladi.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashlarda natijani oshirish sakrovchi-
ning oyoqlari kuchiga yugurib kelish tezligiga, itarilish tezkorligiga va 
koordinatsion qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yugurib kelish tezligini 1 
m/s ga oshira olgan jahonning yyetakchi sakrovchisi I.Ter-Ovanesyan 
natijasini bir metrga yaxshilay olgan.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling