Yengil atletika va uni
-vazifa. Sapchib sakrashni takomillashtirish (yugurish masofasi, 7-9 qadam va undan ortiq qadamgacha uzaytirilsin). 5-vazifa
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
4-vazifa. Sapchib sakrashni takomillashtirish (yugurish masofasi,
7-9 qadam va undan ortiq qadamgacha uzaytirilsin). 5-vazifa. Mashq qilish jarayoni davomida uch hatlab sakrash texnikasini takomillashtirish. Uch hatlab sakrash texnikasini o‘zlashtirish va takomillashtirishda, samarali harakat shakllarini yaratishda sakrovchining tezkor-kuch hislatlari darajasi muhim ahamiyatga ega. Bunga tayyorlanmagan sportchi texnikasida hatto arzimas kamchiliklar ham mag‘lubiyatga olib keladi. Zamonaviy mashq qilish tizimi turli xil vosita va uslublardan iborat. Mashq qilish jarayoni sport bilan shug‘ullanishning dastlabki paytlarida (2-4-yil) har tomonlama tayyorlanmagan va sport mahoratini takomillashtirish davrida tayyorgarlikni ixtisoslashtirish asosida tashkil etadi. Ko‘p-yillik tayyorgarlik jarayoni davrida sakrovchi harakatlanish tezligi, kuch va sakrovchanlik kabi asosiy harakatchanlik rivojlantiradi. Tez yugurishni o‘rganish uchun 2,9-3,0 sek. ichida 30 metrli masofani yugurib o‘tish yetarli emas. 150 m masofada qayta yugurishni (17,0-17,5 sek. ichida) ham mashq qilish dasturiga kiritish lozim. 7 m 30 sm dan ortiq uzunlikka sakrash yoki balandlikka (1 m 90 sm) sakrash kabi sakrovchanlik ko‘rsatkichlari shu hislatning o‘ziga xos mohiyatini to‘la ochib bermaydi. Har bir oyoqda 13 marta «irg‘itish» yordamida 50 m masofani bosib o‘tish esa muhim ko‘rsatkich hisoblaydi. 145-160 kg.li shtanga bilan o‘tirib turish va ko‘krakda 115-125 kg. og‘irlikni ko‘tarish bilan bir qatorda, 15 m ga yadro otish va 5,0 sek. ichida 80 kg.li shtanga bilan 5 marta tez sakrashlarni bajara olish kerak. Sanab o‘tilgan jismoniy hislatlarni yuzaga kelishi yuqori toifadagi mahoratli sakrovchi bo‘lib yetishishi uchun muqarrar asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.3. Sakrash tayyorgarligi vositalari Sakrash texnikasini ravnaq topishi, ko‘plab sakrash mashqlari poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Turli amplituda tezlik va trayektoriyada bajariladigan 1 oyoqda, oyoqdan oyoqqa va ikkala oyoqda sakrash mashqlar ham yosh sportchi, ham sakrash ustasini tayyorlash dasturiga 272 kiritiladi. Sakrash mashqlari qo‘l-oyoqlarning aylanma harakatlari bilan birgalikda faol itarilish ko‘nikmalarini: parvoz, bosqichlarida muvozanatni saqlash va erkin harakatlanishni takomillashtirishga yordam beradi, tayanch-bog‘lash tizimini mustahkamlaydi. Sakrash mashqlari (ko‘p jihatdan, bir oyoqda sakrash) sportchida sakrovchanlik va boshqa tezkor-kuch hislatlarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Oliy toifadagi sakrovchilar bilan o‘tkazilgan qishki tayyorgarlik davrida 4 oy pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, 25 km hajmdagi sakrash mashqlarida va kichik hajmdagi boshqa vositalarda (7,5-9 mg‘sek tezlikda 35 km.ga yugurish, 35 t kuch ishlatiladigan mashqlar) nazorat mashqlarining natijalari ortib bordi. Yugurish qadamidan beshkarra saqlash 50-15 kg.ga 50 m.ga yugurish – 0,2 sek.ga; vazni bilan o‘tirib turish – 10-15 kg.ga; bosh uzra orqaga yadro irg‘itish – 50-100 sm.ga. Sakrash mashqlarini bajarishda trayektoriya balandligini kamay- tirish, itarilishda amortizatsiyani kamaytirish va uch karra sakrash bilan dinamik muvofiqlikka ahamiyat berish lozim. Asosiy sakrash mashqlari; Bir oyoqda sapchib sakrash; Bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa qadam tashlash; 1-3 ta yugurish qadamdan so‘ng itarilish. Sakrovchining tayanch-harakat tizimiga bir oyoqda itarib sakrash mashqi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashq 40-50 sm balandlikdan oldinga qarab faol tarzda sakrash harakatlaridan iborat. Sakrovchi mahorati ortib borishi bilan maxsus mashqlar doirasi torayib boradi va kelgusida mashq qilish jarayonida turli tezlikda maksimal uzunlikka sakrash mashqlari asosiy o‘rin egallaydi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, asosiy yuklama uch hatlab sakrashning 2\3 qismi bajariladigan turtinuvchi oyoqqa to‘g‘ri kelishi lozim. 50-100 sm balandlikdan bir oyoqqa sakrash foydali mashq hisoblanadi. Barcha sakrash mashqlarini bajarish vaqtida keng amplitudali harakatlar bilan itarilishni tezda bajarishga erishish kerak. Turlicha bajarilish tezliklariga ega bo‘lgan mashqlarni galma-gal bajarish (bitta mashg‘ulotda) o‘rinli bo‘ladi, bunda qiya yo‘lakcha yordam berishi mumkin. Shu tariqa sakrash bo‘yicha tayyorlanishning asosiy vositalari - bir oyoqda turib 50 273 m.dan «sapchib sakrash»; qisqa va o‘rtacha masofadan (4-8 yugurish qadamlari) hamda katta masofadan kelib (10 va undan ortiq yugurish qadamlari) uch hatlab sakrash hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling