Birinchi bosqich. Mazkur bosqich vazifasi – yaxlit sakrash sxe
-
masini o‘zlashtirish uchun yetarli darajada sakrash texnikasini
asoslari va uning alohida elementlarini o‘rganish. Sakrovchi tebranish
harakatlari yordamida har ikkala oyoqdan itarilishni bajara olishi
kerak, startdan tezlikni tez rivojlantirishni, yugurib kelishni turtki
harakatlari bilan birga bajarishni, parvozda turg‘un muvozanat
saqlashni o‘rganish kerak. Bunga turli xil sakrash mashqlarini bajarish
jarayonida erishiladi.
1.1.1.1.1.1.1. Har bir oyoqdan itarilish (yurishda qisqa va o‘rta
masofada yugurib kelishda mashqni to‘g‘ri bajarishni nazorat qilish,
buning uchun qo‘shimcha vositalarni qo‘llash).
1.1.1.1.1.1.2. Qisqa masofadan yugurib kelib, har bir oyoqdan
qadamlab sakrash.
1.1.1.1.1.1.3. Har bir oyoqdan navbat bilan turtinish harakatlarini
bajarish (mashq 25-30 m.li masofada yuqoriga faol siltanish va oldinga
qarab bir oz siljish bilan bajariladi).
1.1.1.1.1.1.4. Bir oyoqda sapchib sakrash yugurishda tezlanishlarni
shunday bajarish kerakki, toki 35-40 m masofada yuqori tezlikni
rivojlantirish mumkin bo‘lsin. Bu harakatlar imkoni boricha erkin
bajarilishi kerak. Masofa oxirida bo‘shashib, energiya bo‘yicha
yugurish kerak.
Ikkinchi bosqich. Ikkinchi bosqichda sakrovchi quyidagi izchillik-
da yaxlit sakrash sxemasini o‘zlashtirishga kirishadi:
1-vazifa. Soddalashtirilgan sxema bo‘yicha sakrashdagi barcha
harakatlar kompleksi va ularning maromini o‘zlashtirish (ya’ni, yaxlit
sakrash, lekin faqat qisqartirilgan harakatlar amplitudasi va kichik
intensivligidagi urinishlar bilan).
2-vazifa. Ikkinchi itarilishni o‘zlashtirish asosida ikkinchi sakrash-
ni takomillashtirish (ikkinchi turtkida kuchli, itarilgan holda 5-7
yugurish qadamidan sakrashni bajarish).
3-vazifa. Uchinchi sakrashni takomillashtirish (parvozdagi faol
tayyorgarlik va tebranish harakatlarining katta amplitudasi hisobiga
itarilish quvvatini oshirish).
271
Do'stlaringiz bilan baham: |