Yengil atletika va uni
Uch hatlab sakrashni o‘rgatish uslubiyati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
3.2. Uch hatlab sakrashni o‘rgatish uslubiyati
Yugurib kelib uch hatlab sakrash – yengil atletikadagi murakkab mashqlardan biri hisoblanadi. Mazkur sakrash texnikasida gavda harakatining katta tezligida «sapchib sakrash», «qadam» va «sak rash»- dagi tayanch va «parvoz» fazalari ketma-ket tarzda almashib turadi. Sakrashning nazariy masofasi gavda parvozini boshlang‘ich tezligi kattaligiga, har bir itarilish burchagi va balandligiga bog‘liq. Sportchi parvoz vaqtida yugurish, dastlabki va kelgusi itarilishlar natijasida yuzaga keluvchi trayektoriyani o‘zgartirolmaydi. Shuning uchun ham parvozda barcha harakatlar muvozanatni saqlab qolishga xizmat 267 qiladi, hamda itarilish harakatlarini faol tarzda bajarishga tayyorgarlik holatini, oxirgi sakrashda esa to‘g‘ri qo‘nishni ta’minlaydi. Uch hatlab sakrashda natija maksimal yugurish tezligini rivojlantirish, kuchli itarilishlar, shuningdek,, «sapchib sakrash», «qadam», «sakrash» balandligi va uzunligining muayyan nisbatlari natijasida yuzaga keladi. Yugurish masofasi va tezligi sakrovchining jismoniy hislatlari (bo‘yi, vazni, oyoqlari uzunligi) harakatchanlik qobiliyatlari, maxsus tayyorgarlik holatda bog‘liq bo‘ladi. Taniqli sportchilarda yugurib kelish uzunligi 38-42 m. Yugurib kelish vaqtida kuchni shunday taqsimlash kerakki, toki oxirgi 3-4 qadamni eng katta tezlik va sakrashga tayyorgarlik holatida yugurib o‘tish imkoni bo‘lsin. Uch hatlab sakrashda birinchi itarilishga tayyorlanish uzunlikka sakrashdagiga nisbatan tabiiy holda qadamlar uzunligidagi kichik farqlar bilan amalga oshadi. Faqatgina oxirgi qadam oldingilariga qaraganda 10-15 sm qisqaroq bo‘ladi. Bunga sabab, birinchi sakrashda uzunlikka sakrashdagidek parvoz balandligi yuzaga kelmaydi. Musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun yugurish harakat- larini aniq bajarishga ishonch hissi zarurdir, chunki bu hol sakrash oldidan yaxshi ruxiy kayfiyatni yuzaga keltiradi. Taniqli sakrovchilar odatda, baquvvat, epchil, yengil harakatlanishadi, mushaklari yaxshi rivojlangan bo‘lib, 8-10-yil davomida qunt bilan mashq qilishdan so‘ng 23-26 yoshda rekord natijalarga erishadilar. 100 m masofadagi 11 sek. gacha tez yugurib o‘ta oladigan va 7 m 50 sm.dan uzoq masofaga sakray oladigan sportchilar bugungi kunda uch hatlab sakrashda yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Jismonan yaxshi tayyorlangan shug‘ullanuvchilargina uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganishi mumkin. Agar ular bundan oldin qis- qa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullangan bo‘l- ishsa, o‘quv jarayoni samarali o‘tadi. 268 40-rasm. Uch hatlab sakrash joyi va texnikasi ketma – ketligi. 269 Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish vazifalariga quyidagilar kiradi: 1-vazifa. Shug‘ullanuvchilarning uch hatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish, ularda yugurib kelish, «sapchish», «qadam» va «sakrash» to‘g‘risida tasavvur xosil qilish. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling