Yengil atletika va uni
Sakrash bo‘yicha tayyorgarlik mashqlari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Kuch ishlatiladigan tayyorgarlik vositalari
3.4. Sakrash bo‘yicha tayyorgarlik mashqlari
1. Oyoqdan oyoqqa «qadam tashlash» (50-200 m). 2. 1-3 ta yugurish qadamidan so‘ng itarilish (100 m). 3. Bitta oyoqda va oyoqqa sakrash (100-400 m.dan biroz siljigan holda). 4. Bir oyoqda sapchib sakrash biroz siljish va sonni yuqoriga ko‘tarish bilan (50m). 5. Ikkala oyoqda sakrash (kenguru) 30-50 m.dan. 6. 80-130 sm balandlikdan bitta oyoqda sakrash, keyinchalik tezda oldinga sakrash bilan. 7. 8-20 qadam yugurib kelib, sapchib sakrash. 8. Quyidagi mashqlarni birgalikda bajarish: «sapchib sakrash» «qadam», «qadam» 162 qadam yugurib kelib sakrash. 9. Yugurib turib, ikkala oyoqni itarib, balandlikka sakrash. 10. 8-20 qadam yugurib kelib uzunlikka sakrash. Sakrash mashqlarining bajarilish sharoitlarini grunt (qipiq, maysa- zor, tuproq, qor, yog‘och qoplama va boshqa), yo‘lakcha qiyaligiga (yuqoriga sakrashda 30 gradusgacha, pastga sakrashda 5 gradusgacha) yuklama kattaligiga (og‘ir poyafzal, qo‘rg‘oshin manjeta 0,5-1,5 kg, qo‘rg‘oshin belbog‘ 10 kg.gacha) bog‘liq ravishda doimo o‘zgarib turish maqsadga muvofiqdir. Sakrash mashqlarini yetarlicha jadallikda bajarish lozim. Masalan, 40 m.li masofani 6-8 qadamdan yugurib kelib 10-11 marta «sapchib sakrash» orqali 5,5-6 sek. ichida bosib o‘tish kerak. Qisqa masofadan yugurib kelib sakrash mashqlari, uzoq vaqt qo‘llanilsa va har bir imkoniyatda uzoqroqqa sakrashga harakat qilinmasa, sakrovchanlik qobiliyatini samarali tarzda rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi. 274 3.5. Kuch ishlatiladigan tayyorgarlik vositalari Kuch ishlatadigan tayyorgarlik mashqlari uch hatlab sakrashda bevosita ishtirok etuvchi asab mushak tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunda asosiy e’tibor oyoqlar va gavdaning orqa tomon mushaklarning nisbiy kuchi yuqori darajadadir. Masalan, yetuk sakrovchilar bosh uzra orqaga yadroni 16-17 m masofaga itqitadilar, 155-175 kg.li shtanga bilan o‘tirib tura oladilar. Kuch ishlatiladigan tayyorgarlikda asosiy ish o‘rtacha va bir vaznlar bilan olib boriladi. Maksimal vaznli mashqlar davriy ravishda qo‘llaniladi. Kuch hislatlarini rivojlantirishda asosiy talab bajarish tezligini oshirish hisoblanadi. Sakrovchi mahorati ortib borishi bilan uch hatlab sakrashda bevosita ishtirok etuvchi mashqlar guruhining kuch hislatlarini rivoj- lantirish vazifasini hal etish lozim bo‘ladi. Musobaqalar davrida asab-mushak tizimining tarangligi oshib boradi. Shuning uchun ham bu holda katta tezlikda bajariladigan qisqa vaqtli yuklamali kuch ishlatiladigan mashqlar qo‘llaniladi. Bunday mashqlar organizmga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va kelgusida sakrash va kuch ishlatiladigan mashqlarni yengil bajarishga yordam beradi. Shu bois, taniqli va kuchli sakrovchilar musobaqalardan oldin badan qizdirish vositasi sifatida qo‘l va kuch ishlatiladigan mashqlarni qo‘llaydilar. Kuch ishlatiladigan tayyorgarligining zaruriy va tez-tez qo‘lla- niladigan mashqlarni keltiramiz (mashqlarni bajarish amplitudasi va vazn sakrovchining tayyorgarlik holatiga va boshqa omillarga bog‘liq holda tiklanadi). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling