Yengil atletika va uni
Rejalashtirishga quyidagi mashqlar ta’sir etadi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7. O‘tish davri
- 3.8. Tayyorgarlik davri
Rejalashtirishga quyidagi mashqlar ta’sir etadi.
1. Mashq qilish vositalarini aniq belgilangan holda mashq qilish jarayonining uzluksizligi; 2. Asosiy harakatchanlik hislatlarini kompleks rivojlantirish; 3. Sakrovchi sportchining asosiy hislatlarini rivojlantirishni amalga oshirish; 4. Organizm ish qobiliyatining o‘zgarish fazalarini (ish, toliqish, dam olish - qayta tiklanish) hisobga olgan holda mashq qilish yuklamalari hajmi va intensivligi dinamikasining to‘lqinsimon harakteri; 5. Mashq qilish yuklamalarini asta-sekin ortib borishi va mashqlarni bajarish sharoitlarini o‘zgarishi. Ko‘p-yillik istiqbolli tayyorgarlik jarayoni sakrovchi sportchi qobiliyatini va bajariladigan ish hajmining o‘zgarishini (to‘lqinsimon yoki asta-sekin ortib boruvchi) hisobga olgan holda tashkil etadi. Har bir sport mavsumi 5 davrdan iborat: o‘tish davri (3-4 hafta), birinchi tayyorgarlik davri (16 hafta), qishki bellashuv davri (6 hafta), ikkinchi tayyorgarlik davri (12 hafta) va yozgi bellashuv davri (15 hafta). 3.7. O‘tish davri Ko‘p sonli musobaqalarda ishtirok etgach, sakrovchi sportchi toliqqan asab tizimini tiklab olish uchun 1-2 hafta davomida dam olish kerak, keyingi 3 haftada sportchi futbol, regbi, voleybol, kross, suzish, tosh va yadro uloqtirish, umumiy harakatdagi kuch ishlatiladigan mashqlar bilan shug‘ullanadi. Mashg‘ulotlar haftada 3 marta o‘tkaziladi. Mavsumda cheklangan miqdorda musobaqalarda ishtirok etuvchi va harakatchanlik hislatlarini rivojlantirishda kamchiliklar bo‘lgan sportchi tayyorgarlik davri rejasi bo‘yicha mashq qilish kerak. 277 3.8. Tayyorgarlik davri Sakrovchi sportchi uchun muhim bo‘lgan bu davr tayyorgarlik vositalari va usullarini kengayishi mashqlar hajmini ko‘payishi va funksional imkoniyatlar darajasini ortishi bilan ta’riflanadi. Tayyorgarlik, davri mashq qilish yuklamasi hajmini tashkil etish uchun poydevor bo‘lib hisoblanadi. Mashqlarni yuqori saviyada bajarilishi (yugurish tezligi va sakrash uzunligini ortishi) sport mahoratini bevosita shakllantirish vositasi hisoblanadi. Sakrovchining haftalik mashqlar hajmini 4-5 km.ga yugurish, sakrash 3,5-4 km, 20 t vazndagi kuch ishlatiladigan mashqlar yuqori darajada bajari olish imkoniyatidan kelib chiqqan holda tayyorgarlik davrining davomiyligi belgilanadi. Biroq, bunday yuklamalar ta’sirida 2-3 haftadan so‘ng mashqlarni bajarish saviyasi yomonlashadi. Buni oldini olish uchun haftalik yuklamani kamaytirish yoki boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish kerak. Tiklanish haftasidan so‘ng yuklama hajmi oshiriladi. Yuklamani yanvar oyigacha shu tariqa asta-sekin to‘lqinsimon tarzda oshirib boriladi. So‘ngra esa vositalar hajmi kamayib borgan sari, mashqlarni bajarish saviyasi ortib boradi yoki sharoitlar qiyinlashtiriladi. Sportchining tayyorgarlik darajasiga qarab mashq qilish vositalari tanlanadi, chunonchi, puxta tayyorlangan sakrovchilar uchun zarbli ta’sir etish usuli tanlanadi. Bu usul harakatchanlik qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur davrning asosiy vazifasi – harakatchanlik hislatining yuqori darajasiga erishishi hisoblanadi. Bunda, sportchi ish qobiliyatining o‘zgarish fazalari yuklamani to‘lqinsimonligi, har bir vositani ta’sir etish darajasi hisobga olinadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling