Yengil atletika va uni


Rejalashtirishga quyidagi mashqlar ta’sir etadi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Rejalashtirishga quyidagi mashqlar ta’sir etadi.
1. Mashq qilish vositalarini aniq belgilangan holda mashq qilish 
jarayonining uzluksizligi;
2. Asosiy harakatchanlik hislatlarini kompleks rivojlantirish;
3. Sakrovchi sportchining asosiy hislatlarini rivojlantirishni amalga 
oshirish;
4. Organizm ish qobiliyatining o‘zgarish fazalarini (ish, toliqish, dam 
olish - qayta tiklanish) hisobga olgan holda mashq qilish yuklamalari 
hajmi va intensivligi dinamikasining to‘lqinsimon harakteri;
5. Mashq qilish yuklamalarini asta-sekin ortib borishi va mashqlarni 
bajarish sharoitlarini o‘zgarishi. Ko‘p-yillik istiqbolli tayyorgarlik 
jarayoni sakrovchi sportchi qobiliyatini va bajariladigan ish hajmining 
o‘zgarishini (to‘lqinsimon yoki asta-sekin ortib boruvchi) hisobga 
olgan holda tashkil etadi. Har bir sport mavsumi 5 davrdan iborat: 
o‘tish davri (3-4 hafta), birinchi tayyorgarlik davri (16 hafta), qishki 
bellashuv davri (6 hafta), ikkinchi tayyorgarlik davri (12 hafta) va 
yozgi bellashuv davri (15 hafta).
3.7. O‘tish davri
Ko‘p sonli musobaqalarda ishtirok etgach, sakrovchi sportchi 
toliqqan asab tizimini tiklab olish uchun 1-2 hafta davomida dam olish 
kerak, keyingi 3 haftada sportchi futbol, regbi, voleybol, kross, suzish, 
tosh va yadro uloqtirish, umumiy harakatdagi kuch ishlatiladigan 
mashqlar bilan shug‘ullanadi. Mashg‘ulotlar haftada 3 marta 
o‘tkaziladi. Mavsumda cheklangan miqdorda musobaqalarda ishtirok 
etuvchi va harakatchanlik hislatlarini rivojlantirishda kamchiliklar 
bo‘lgan sportchi tayyorgarlik davri rejasi bo‘yicha mashq qilish kerak. 


277
3.8. Tayyorgarlik davri
Sakrovchi sportchi uchun muhim bo‘lgan bu davr tayyorgarlik 
vositalari va usullarini kengayishi mashqlar hajmini ko‘payishi 
va funksional imkoniyatlar darajasini ortishi bilan ta’riflanadi. 
Tayyorgarlik, davri mashq qilish yuklamasi hajmini tashkil etish 
uchun poydevor bo‘lib hisoblanadi.
Mashqlarni yuqori saviyada bajarilishi (yugurish tezligi va 
sakrash uzunligini ortishi) sport mahoratini bevosita shakllantirish 
vositasi hisoblanadi. Sakrovchining haftalik mashqlar hajmini 4-5 
km.ga yugurish, sakrash 3,5-4 km, 20 t vazndagi kuch ishlatiladigan 
mashqlar yuqori darajada bajari olish imkoniyatidan kelib chiqqan 
holda tayyorgarlik davrining davomiyligi belgilanadi. Biroq, bunday 
yuklamalar ta’sirida 2-3 haftadan so‘ng mashqlarni bajarish saviyasi 
yomonlashadi. Buni oldini olish uchun haftalik yuklamani kamaytirish 
yoki boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish kerak. Tiklanish haftasidan 
so‘ng yuklama hajmi oshiriladi. Yuklamani yanvar oyigacha shu 
tariqa asta-sekin to‘lqinsimon tarzda oshirib boriladi. So‘ngra esa 
vositalar hajmi kamayib borgan sari, mashqlarni bajarish saviyasi 
ortib boradi yoki sharoitlar qiyinlashtiriladi. Sportchining tayyorgarlik 
darajasiga qarab mashq qilish vositalari tanlanadi, chunonchi, puxta 
tayyorlangan sakrovchilar uchun zarbli ta’sir etish usuli tanlanadi. Bu 
usul harakatchanlik qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
Mazkur davrning asosiy vazifasi – harakatchanlik hislatining yuqori 
darajasiga erishishi hisoblanadi. Bunda, sportchi ish qobiliyatining 
o‘zgarish fazalari yuklamani to‘lqinsimonligi, har bir vositani ta’sir 
etish darajasi hisobga olinadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling