294
boldiri planka ustiga ko‘tarilgan paytda gavda yugurib kelish tomoniga
egilgan holda itariladigan oyoq tomonga bir oz
buriladi, itariladigan
oyoq tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi.
To‘sin ustida turgan holatda siltanishni
bajaradigan oyoqning tos-
son bo‘g‘imi uning proyeksiyasini kesib o‘tgan paytda, siltanuvchi
oyog‘i tezlik bilan oyoq kaftini ichkariga qaratgan holda to‘sin orqasiga
tushiriladi. Gavda ko‘krak tomoni bilan to‘singa buriladi, siltanuvchi
oyoq oxirigacha ichkariga keltiriladi va to‘sin ustidan imkoni boricha
balandroq ko‘tariladi. Elkalar bosh bilan birga pastga yugurib kelish
tomonga egiltiriladi. Siltanuvchi oyoq va gavda to‘sin
ustida eng
yuqori, ya’ni tos joylashgan nuqtaga yoy (“to‘lqin”) hosil qiladi.
Qo‘llar pastga tushiriladi yoki yon tomonlarga ochiladi. Yoysimon
harakatni davom ettira turib, siltanuvchi oyoq pastga tushiriladi,
sakrovchi butun gavdasi bilan to‘sin
tomonga buriladi, boshi va
elkalarini orqaga uzatadi. Siltanuvchi oyoq, tizzadan bukilib, orqaga
chiqariladi. Yerga tushish ko‘krak yoki to‘singa
nisbatan yonbosh
bilan siltanuvchi oyoqqa amalga oshiriladi (43-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: