Yengil atletika va uni
-rasm. “To‘lqin” usulida balandlikka sakrash Perekat (“Yumalab o‘tish”) usuli
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-rasm.
43-rasm. “To‘lqin” usulida balandlikka sakrash
Perekat (“Yumalab o‘tish”) usuli Ushbu usulda yugurib kelish to‘singa nisbatan 30-45 o burchak ostida bajariladi. Itarilish to‘singa yaqin bo‘lgan oyoqda amalga oshiriladi. Siltanish to‘g‘ri oyoq bilan bajariladi, keyin u tizza bo‘g‘imidan bir oz bukilishi mumkin. Itarilishdan so‘ng, siltanuvchi oyoq boldiri to‘sin ustiga ko‘tarilgan paytda sakrovchi itariladigan oyog‘ini tos-son va tizza bo‘g‘imlaridan bukkan holda uni tortib oladi va siltanuvchi oyoqqa birlashtiradi. Gavda orqaga, to‘sin bo‘ylab og‘diriladi. Uchish vaqtida sakrovchi to‘singa ko‘kragi bilan turadi, uning tanasi to‘sin ustiga ko‘tarilgan 295 paytda u itariladigan oyog‘i tomondagi yonboshi bilan to‘sindan oo‘ib o‘tadi. Qo‘llar oyoq siltanishi bilan bir vaqtda yuqoriga ketadi, keyin to‘sindan oshib o‘tish vaqtida gavdaning ko‘kragi bilan pastga burilishiga yordam bergan holda tushiriladi. «Perekat» (yumalab o‘tish) usulida sakrashda planka ustidan yaxshiroq o‘tish uchun yonboshlab yota boshlangan paytda siltanuvchi oyoq bilan gavda plankaning narigi tomoniga tushiriladi (44- rasm). 44-rasm. “Perekat” usulida balandlikka sakrash Perekidnoy usuli Yugurib kelib 25-35 0 burchak ostida cho‘pga bajariladi. Sakrash oyoq bilan tayoqqa yaqin kelganda bajariladi. Sakrab o‘tish qoidasi bo‘yicha xuddi hatlab o‘tish kabidir. Mashqni bajarish uchun o‘ng oyoq keng ochilib, bo‘shashtiriladi, boshlang‘ich holat sakrash vaqtida ham takrorlanadi. Ikkala qo‘l ham ozgina tirsak qismidan bukilgan, silkinch oyoq bilan birga ko‘tariladi. Yelka va gavda ozgina ortga bukilib, ko‘krak sportchi tayoqqa nisbatan chalqancha holatni egallaydi. Depsinuvchi oyoqning tizza va bo‘ksa mushaklari tashqi tarafga egiladi. Tovon silkinch oyoqqa yaqinlashadi. Sportchi tayoqdan ko‘krak va qorin qismi bilan o‘tadi. Silkinch oyoq harakati hisobiga depsinuvchi oyoq tayoq atrofida aylanish hosil qiladi. Sportchi tayoqdan sakrab o‘tib silkinch qo‘li va yelkasini tushiradi, qarama – qarshi qo‘l va yelkasini yon tomonga yoki orqasiga oladi. Bir vaqtning o‘zida depsinuvchi oyoq tizzasi va silkinuvchi oyoq ozgina tayoqdan pastga tushiriladi. Yerga qo‘nish sportchining silkinuvchi oyoq va qo‘l yoki depsinuvchi tana qismi yoki kuchli aylanish holati orqa bilan amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sakrash turlarida yerga qo‘nish balandligi 70 sm bo‘lgan qumli chuqurchaga qo‘niladi. Sport- chilar sakrash vaqtida sakrash texnikasini o‘rgatish lozimdir (45-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling