Yengil atletika va uni
-rasm. «Perekidnoy» usulida balandlikka sakrash “Hatlab o‘tish” usuli
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
45-rasm. «Perekidnoy» usulida balandlikka sakrash
“Hatlab o‘tish” usuli. Bu tur barcha turlar ichida qadimiy bo‘li- shiga qaramay, texnik soddaligi va kam talabligi uchun maktablarda jismoniy tarbiya darslarida va yana boshlang‘ich yengil atletika mashg‘ulotlarida foydalaniladi. Yugurib kelish 6-8 yugurish qadami- dan iborat. Tayoqqa nisbatan 30-45 o burchak ostida bajariladi. Depsi- nish oyoq bilan tayoqdan 70-80 sm uzoqlikda amalga oshiriladi. Depsinish joyini aniqlash uchun tayoqqa yon bilan turish kerak va silkinch qo‘lini cho‘zib barmoqlar bilan tayoqqa tegiladi. Mana shu aynan depsinish nuqtasi hisoblanadi. Yugurish qadamini tanlashda buni xotirada saqlash kerak. Beshta o‘rtacha yurish qadami uchta yugurish qadamini tashkil qiladi. Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga deyarli tekis qo‘yiladi, tizzani ko‘proq bukish maqsadga muvofiq emas. Silkinish to‘g‘ri oyoq bilan amalga oshirilib, yuqori nuqtasidan tizza ozgina bukilishi kuzatiladi. Tana vertikal holatda, qo‘llar tirsak qismida ozroq bukilgan, faollik bilan yuqoriga – oldinga bosh barobar ko‘tariladi. Silkinch oyoq taxtacha ustida bo‘lganda depsinuvchi oyoq tizza bukilib tortiladi. 297 Silkinch oyoq taxtacha orqasidan tushiriladi, depsinuvchi oyoq uning ustidan olib o‘tiladi. Shu paytda gavda taxtacha tomonga buriladi. Qo‘nish silkinch oyoqqa yonbosh bilan amalga oshiriladi. Qo‘nish yerdan bir oz ko‘tarilgan qumli chuqurcha yoki zal sharoitida matlar ustiga amalga oshiriladi. Asosiysi, joy balandligi taxtacha ustidan o‘tgandan so‘ng silkinch oyoqni bukmasdan erga qo‘yishga imkon bersa bo‘lgani. Aks holda «peretyagivanie» usuli texnikasi asosan oxirgi uchish qismida buziladi. «Hatlab o‘tish» usulini boshlang‘ich yengil atletikachilar kursida – fosbyuri – flop»ning yoysimon yugurish texnikasini o‘rgatishda foydalanish mumkin (46-rasm). Balandlika sakrash usullarida sakraganda yerga tushish vaqtida qo‘lga, belga, yelkaga katta kuch tushishi mumkin. Shuning uchun sakrovchiga avvalo, yerga mayin tushishni o‘rgatish, yelka kamari va qo‘l muskullarini mustahkamlash va erga tushadigan joyni yaxshilab tayyorlash kerak. 46-rasm. Fosbyuri – flop usulida sakrash texnikasi 298 O‘rgatishni 1-4 yugurish qadami tashlab sakrashdan boshlagan ma’qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni va keyinchalik planka ustidan o‘tishni bilib olish osonroq bo‘ladi. Depsinish va planka ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan keyin ancha uzoqroqdan yugurib kelib, asta-sekin tezlikni va plankani ko‘tarib sakrashga o‘tiladi. Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin taqlid mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar planka ustidan sakrab o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin keladigan mashqlardan tashqari, kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradigan, umumiy va maxsus sakrash mashqlarini keng qo‘llash kerak. Quyida yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati berilgan. Boshida balandlikka sakrashning ―hatlab o‘tish» usulini o‘rgatish uslubiyatini to‘liq o‘rganib, keyin boshqa usullarga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling