281
Seshanba:
yugurish gimnastik mashqlar, tezlanishlar 3x130 m,
yadro uloqtirish-20 marta.
Chorshanba: dam olish.
Payshanba: yugurish, gimnastik mashqlar, tezlanishlar 3x100
m, startdan yugurish (30-40 m.dan) 0,3 shtangani ko‘krak qafasiga
ko‘tarib olish (1 t.), yadro uloqtirish-10 marta, tezlanishlar 2x130 m.
Juma: dam olish.
Shanba: yugurish 0,5 km, tezlanishli gimnastik mashqlar 3x100 m,
sakrab chiqish (100-120 kg 5 marta), engil qadam tashlash 2x40 m.
Yakshanba: musobaqa, uch hatlab sakrashda tosh uloqtirish 10
marta.
Uch hatlab sakrash bilan shug‘ullanuvchi
sportchi qanday bo‘lishi kerak.
16 metrli marrani zabt etgan sakrovchilarning sport
faoliyatini
tahlil etish natijasida quyidagi xulosalar kelib chiqdi.
16 m.ga sakrovchi «o‘rta» sportchi.
Bu 23 yoshli baland bo‘yli (180 sm) yigit. 7-yilga yaqin vaqtdan
beri mashq qilib keladi. Vazni 74 kg.dan ortiq emas.
Sprinter yugu-
rish tezligi 100 m-11,60 sek. Yugurib kelish masofa uzunligi 7,25 m.
16,50 m marraga erishgan «o‘rta» sportchi yoshi 24-25 da, tajribaliroq,
8-yildan ortiq vaqtdan beri mashq qiladi. Bo‘yi 185 sm, vazni 76 kg.
Sprinter yugurish tezligi 100 m 10,68 sek.
Bunday sportchi erishgan
natijaga (7 m 70 sm) uzunlikka sakrovchi sportchi ham havas qilishi
mumkin. 17 metrli marra ko‘paytirilgan tezkor kuch hislatlarini talab
etadi (100 m-10,6 sek.). Uzunlikka sakrash-7,85 m.
Bunday marrani
zabt etuvchi sportchilar bo‘yi 188 sm. Vazni 75 kg, 24 yoshda. Uch
hatlab sakrash bilan 6-yildan beri shug‘ullanishadi. So‘nggi-yillarda
ularning deyarli barchasi 17 m.li marraga erishgan. Bu ma’lumotlar
iqtidorli yoshlarga nisbatan bizning munosabatimizni belgilab berishi
lozim.