Yengil atletika va uni
Harakatchanlik hislatlarini rivojlantirish bosqichida
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Harakatchanlik hislatlarini rivojlantirish bosqichida
I tayyorgarlik davrining 3 haftalik sikli. Birinchi hafta sakrash mashqlariga (3-5 km), ikkinchi hafta kuch ishlatiladigan mashqlarga (16-20 t) bag‘ishlanadi. Uchinchi haftada ish qobiliyatini tiklash uchun mashqlar bag‘ishlanadi (uzun masofaga o‘rtacha tezlikda yugurish 2-3 km, kross). 278 1-hafta. Dushanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar. Sprint 8x25. Turtinuvchi oyoqda «sapchib sakrash» 20-40 m. 20 marta uloqtirish. Siltanuvchi oyoqda 10x40 m «sapchib sakrash» yugurish 2x150 m (20-21 sek.). Seshanba: Suzish 30 min. Chorshanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar. Siltanuvchi oyoqda «sapchib sakrash» 20x50 m. 20 marta uloqtirish. Turtinuvchi oyoqda «sapchib sakrash» 10x50 m. Yugurish (20-21 sek.). Payshanba: Suzish 30 min. Uqalash. Juma: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar yugurish 2x50 m (20-21 sek.). Shanba: Dam olish, bug‘li hammom. Yakshanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar. Start 6x30 m. Sherik bilan (75-85 kg) bir oyoqda 10 marta sakrab chiqish va so‘ngra shu oyoqda 40 m «sapchib sakrash». Engil tezlanish 70 m. va bo‘shashtiruvchi mashqlar. Har bir oyoq uchun 3 martadan takrorlash. Uloqtirish 20 marta. Yugurish 2x150 m (20-21 sek.). 2-hafta. Dushanba: Suzish 30 min. Seshanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar 100 marta uloqtirish. Turtinib tortish 4x120 m. Shtanga ko‘krak qafasiga ko‘tarib olish 4x90 kg. Bu mashqlarni 3 marta takrorlash 60x120 kg.li vazn bilan 4-5 marta egilish. Yugurish 2x150 m (20-21 sek.). Chorshanba: Suzish 30 min. Uqalash. Payshanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar 100 marta. Uloqtirish start 6x30 m. Sakrab chiqish 140 kgx3. Sapchib 2x40 marta yugurish 2x150 (20-21 sek.). Juma: Suzish 30 min. Shanba: Almash yugurish 6x50 m. Gimnastik mashqlar. Uloqtirish 200 marta. Sprut 8x25. qorin pressi va son mushaklarini mustaxkamlash uchun kuch ishlatiladigan mashqlar, yugurish 2x150 m (20-21 sek.). Yakshanba: Futbol 1 soat. Bug‘li hammom. 279 3 hafta. Dushanba: Dam olish. Seshanba: Bog‘da 3 km yugurish. Gimnastik mashqlar, yugurish 5x200 m (33 sek.). Chorshanba: Dam olish. Payshanba: Bog‘da 3 km yugurish. Gimnastik mashqlar, yugurish 7x150 m (23 sek.). Juma: Dam olish. Shanba: O‘yin 45 min. Suzish 30 min. Yakshanba: Dam olish. Sanab o‘tilgan sikllarning o‘ziga xos tomoni shundaki, mashq qilish mashg‘ulotlari kun ora o‘tkaziladi, ya’ni toliqqan organizm kuchlarini qayta tiklanishi uchun yetarlicha vaqt ajratiladi. Sportchining mahorat darajasi mashg‘ulotlar soni bilan emas, balki yuqori saviyada bajariladigan mashqlar hajmi bilan belgilanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling