Yengil atletika va uni


-rasm. “To‘lqin” usulida balandlikka sakrash  Perekat (“Yumalab o‘tish”) usuli


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

43-rasm. “To‘lqin” usulida balandlikka sakrash
 Perekat (“Yumalab o‘tish”) usuli Ushbu usulda yugurib kelish 
to‘singa nisbatan 30-45
o
burchak ostida bajariladi. Itarilish to‘singa 
yaqin bo‘lgan oyoqda amalga oshiriladi. Siltanish to‘g‘ri oyoq 
bilan bajariladi, keyin u tizza bo‘g‘imidan bir oz bukilishi mumkin. 
Itarilishdan so‘ng, siltanuvchi oyoq boldiri to‘sin ustiga ko‘tarilgan 
paytda sakrovchi itariladigan oyog‘ini tos-son va tizza bo‘g‘imlaridan 
bukkan holda uni tortib oladi va siltanuvchi oyoqqa birlashtiradi. 
Gavda orqaga, to‘sin bo‘ylab og‘diriladi. Uchish vaqtida sakrovchi 
to‘singa ko‘kragi bilan turadi, uning tanasi to‘sin ustiga ko‘tarilgan 


295
paytda u itariladigan oyog‘i tomondagi yonboshi bilan to‘sindan 
oo‘ib o‘tadi. Qo‘llar oyoq siltanishi bilan bir vaqtda yuqoriga ketadi
keyin to‘sindan oshib o‘tish vaqtida gavdaning ko‘kragi bilan pastga 
burilishiga yordam bergan holda tushiriladi. «Perekat» (yumalab 
o‘tish) usulida sakrashda planka ustidan yaxshiroq o‘tish uchun 
yonboshlab yota boshlangan paytda siltanuvchi oyoq bilan gavda 
plankaning narigi tomoniga tushiriladi (44- rasm).
44-rasm. “Perekat” usulida balandlikka sakrash
Perekidnoy usuli Yugurib kelib 25-35
0
burchak ostida cho‘pga 
bajariladi. Sakrash oyoq bilan tayoqqa yaqin kelganda bajariladi. 
Sakrab o‘tish qoidasi bo‘yicha xuddi hatlab o‘tish kabidir. Mashqni 
bajarish uchun o‘ng oyoq keng ochilib, bo‘shashtiriladi, boshlang‘ich 
holat sakrash vaqtida ham takrorlanadi. Ikkala qo‘l ham ozgina tirsak 
qismidan bukilgan, silkinch oyoq bilan birga ko‘tariladi. Yelka va gavda 
ozgina ortga bukilib, ko‘krak sportchi tayoqqa nisbatan chalqancha 
holatni egallaydi. Depsinuvchi oyoqning tizza va bo‘ksa mushaklari 
tashqi tarafga egiladi. Tovon silkinch oyoqqa yaqinlashadi. Sportchi 
tayoqdan ko‘krak va qorin qismi bilan o‘tadi. Silkinch oyoq harakati 
hisobiga depsinuvchi oyoq tayoq atrofida aylanish hosil qiladi. Sportchi 
tayoqdan sakrab o‘tib silkinch qo‘li va yelkasini tushiradi, qarama – 
qarshi qo‘l va yelkasini yon tomonga yoki orqasiga oladi. Bir vaqtning 
o‘zida depsinuvchi oyoq tizzasi va silkinuvchi oyoq ozgina tayoqdan 
pastga tushiriladi. Yerga qo‘nish sportchining silkinuvchi oyoq va qo‘l 
yoki depsinuvchi tana qismi yoki kuchli aylanish holati orqa bilan 
amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sakrash turlarida yerga 
qo‘nish balandligi 70 sm bo‘lgan qumli chuqurchaga qo‘niladi. Sport-
chilar sakrash vaqtida sakrash texnikasini o‘rgatish lozimdir (45-rasm).


296

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling