Yengil atletika va uni


-rasm. «Perekidnoy» usulida balandlikka sakrash “Hatlab o‘tish” usuli


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

45-rasm. «Perekidnoy» usulida balandlikka sakrash
“Hatlab o‘tish” usuli. Bu tur barcha turlar ichida qadimiy bo‘li-
shiga qaramay, texnik soddaligi va kam talabligi uchun maktablarda 
jismoniy tarbiya darslarida va yana boshlang‘ich yengil atletika 
mashg‘ulotlarida foydalaniladi. Yugurib kelish 6-8 yugurish qadami-
dan iborat. Tayoqqa nisbatan 30-45
o
burchak ostida bajariladi. Depsi-
nish oyoq bilan tayoqdan 70-80 sm uzoqlikda amalga oshiriladi. 
Depsinish joyini aniqlash uchun tayoqqa yon bilan turish kerak va 
silkinch qo‘lini cho‘zib barmoqlar bilan tayoqqa tegiladi. Mana shu 
aynan depsinish nuqtasi hisoblanadi. Yugurish qadamini tanlashda 
buni xotirada saqlash kerak. Beshta o‘rtacha yurish qadami uchta 
yugurish qadamini tashkil qiladi. 
Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga deyarli tekis qo‘yiladi, tizzani 
ko‘proq bukish maqsadga muvofiq emas. Silkinish to‘g‘ri oyoq bilan 
amalga oshirilib, yuqori nuqtasidan tizza ozgina bukilishi kuzatiladi. 
Tana vertikal holatda, qo‘llar tirsak qismida ozroq bukilgan, faollik 
bilan yuqoriga – oldinga bosh barobar ko‘tariladi. Silkinch oyoq 
taxtacha ustida bo‘lganda depsinuvchi oyoq tizza bukilib tortiladi. 


297
Silkinch oyoq taxtacha orqasidan tushiriladi, depsinuvchi oyoq uning 
ustidan olib o‘tiladi. Shu paytda gavda taxtacha tomonga buriladi. 
Qo‘nish silkinch oyoqqa yonbosh bilan amalga oshiriladi. Qo‘nish 
yerdan bir oz ko‘tarilgan qumli chuqurcha yoki zal sharoitida matlar 
ustiga amalga oshiriladi. Asosiysi, joy balandligi taxtacha ustidan 
o‘tgandan so‘ng silkinch oyoqni bukmasdan erga qo‘yishga imkon 
bersa bo‘lgani. Aks holda «peretyagivanie» usuli texnikasi asosan 
oxirgi uchish qismida buziladi. «Hatlab o‘tish» usulini boshlang‘ich 
yengil atletikachilar kursida – fosbyuri – flop»ning yoysimon yugurish 
texnikasini o‘rgatishda foydalanish mumkin (46-rasm).
Balandlika sakrash usullarida sakraganda yerga tushish vaqtida 
qo‘lga, belga, yelkaga katta kuch tushishi mumkin. Shuning uchun 
sakrovchiga avvalo, yerga mayin tushishni o‘rgatish, yelka kamari va 
qo‘l muskullarini mustahkamlash va erga tushadigan joyni yaxshilab 
tayyorlash kerak.
46-rasm. Fosbyuri – flop usulida sakrash texnikasi


298
O‘rgatishni 1-4 yugurish qadami tashlab sakrashdan boshlagan 
ma’qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni va keyinchalik 
planka ustidan o‘tishni bilib olish osonroq bo‘ladi. Depsinish va planka 
ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan keyin ancha uzoqroqdan yugurib 
kelib, asta-sekin tezlikni va plankani ko‘tarib sakrashga o‘tiladi.
Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin taqlid 
mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar planka ustidan sakrab 
o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin keladigan mashqlardan tashqari
kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradigan, umumiy va maxsus sakrash 
mashqlarini keng qo‘llash kerak.
Quyida yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o‘rgatish 
uslubiyati berilgan. Boshida balandlikka sakrashning ―hatlab o‘tish» 
usulini o‘rgatish uslubiyatini to‘liq o‘rganib, keyin boshqa usullarga 
o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling