Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar. 
1. Yengil atletika mashqlari 
2. Olimpiada
3. Stadiya 
4. Stadion
5. Musobaqa
6. Nizom 
7. Atletika klubi
8. Assotsiatsiya
9. Mahorat
10. To‘garak
11. Federastiya 
12. NAAF


39
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar.
1. Yengil atletika mashqlari qachon kelib chiqqan?
2. Jismoniy tarbiyada, yengil atletika ma’lum darajada qachon 
mustaqil bo‘la boshladi?
3. Eramizdan avvalgi Olimpia o‘yinlari qachon o‘tkazilgan?
4. Nechanchi Olimpia o‘yinlaridan boshlab ayollar uchun yengil 
atletika musobaqalari o‘tkazildi? 
5. Eng avval boshqa mamlakatlarga qaraganda yengil atletika qaysi 
davlatda rivojlana boshladi?
6. 1952-yili qaysi davlatda Olimpia o‘yini o‘tkazildi?
7. O‘zbekistonda yengil atletika sport turi qachon paydo bo‘lgan?
8. O‘zbekiston sportchilari mustaqil davlat sifatida nechanchi-
yildan boshlab yengil atletikadan Olimpia o‘yinlarida qatnasha 
boshladilar?


40
2 – BO‘LIM. YURISH 
I BOB. SPORTCHA YURISH 
Yurish – bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo‘lib, 
barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib tarzdagi jismoniy mashq 
hisoblanadi. Uzoq vaqt davomiyligidagi va ritm ko‘rinishidagi yurish 
davomida odam tanasining deyarli barcha muskullari ish bajarishga 
jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon – tomirlar tizimi, nafas olish, 
asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati kuchayadi, 
moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng avvalo
sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik 
davridan boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlarning to‘g‘ri, 
chiroyli va tejamkor ko‘rinishda yurishni o‘rganishi zarur hisoblanadi. 
Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari 
ham mavjud hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo‘lib yurish, 
sportcha yurish. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va 
baja rilishi texnikasi bo‘yicha yurishning nisbatan murakkab usuli 
hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali yurish usuli 
sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan 
deyarli 2 – 2,5 marotaba yuqori bo‘lishi kuzatiladi. 
Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha 
yurishning texnik xususiyatlarini o‘zlashtirishning o‘zi yetarli hisob-
lanmaydi. Bunda odatdagi yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi 
intensivlikda ish bajarish talab qilinadi, o‘z navbatida energiya sarfi 
qiymati ortadi. Ushbu holatga bog‘liq ravishda, sportcha yurish 
mashg‘uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, 
uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi, 
bu tizimlar ish qobiliyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlan-
tirilishiga va ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘r-
sa tadi, odamda iroda sifatini tarbiyalaydi.
Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko‘plab umumiylik 
jihatlariga ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish 
nisbatan yetarlicha darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli 
hisoblanadi. 


41

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling