Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
III BOB. DISK ULOQTIRISH
3.1. Disk uloqtirishning rivojlanishi Disk uloqtirish – bu yengil atletikaning qadimiy turlaridan biri bo‘lib, Qadimiy Gretsiyada ham keng ommalashganligi qayd qilinadi. Qazilma topilma ashyolar guvohlik berishicha, disklar qadimda turli xil materiallardan, jumladan, tosh, zich holatdagi daraxt yog‘ochi, temir, qo‘rg‘oshindan yasalgan. Eramizgacha VI asrda turli xil og‘irlik va hajmga ega bo‘lgan linzasimon shakldagi disklar paydo bo‘lgan. Zamonaviy disklarning modeli Egine orolidan topilgan disk hisoblanadi (diametr o‘lchamlari 21 sm, og‘irligi 1,884 kg). Diskni uloqtirish joyi doim chegaralangan. Dastlab, bu kvadrat shaklidagi, uncha katta bo‘lmagan (o‘lchamlari 80 × 80 sm) supacha (postament) ko‘rinishida belgilangan, keyinchalik esa – doira shaklidagi (diametr o‘lchami – 2,1 metr atrofida) soha ko‘rinishida belgilangan. Keyin esa, doira soha o‘rniga yana qaytadan kvadrat sohadan foydalanishga o‘tilgan va uning o‘lchamlari kattalashtirilgan. Disk uloqtirish uchun yakuniy holatdagi soha sifatida diametr o‘lchami 2,5 metrni tashkil qiluvchi, doira shaklidagi soha belgilanib, hozirgi kungacha bu tartib saqlanib qolgan. Disk uloqtirish – bu tezlik – kuch tavsiflariga ega bo‘lgan, asiklik harakatlanishdan tashkil topgan bo‘lib, makon bo‘ylab murakkab harakatlanish ko‘rinishiga ega hisoblanadi, bu harakat o‘z tarkibiga intilish va aylanish harakatlari umumiyligini qamrab oladi. Disk aerodinamik tavsiflarga ega bo‘lgan holatda ishlab chiqilgan sport anjomi (snaryad) hisoblanadi. Dunyoning eng kuchli disk uloqtiruvchilari tomonidan bajarilgan mashqlar davomida diskning boshlang‘ich tezligi qiymati 24 – 25 m/s ni tashkil qiladi, shu bilan bir vaqtda quyi kvalifikatsiya darajasiga ega bo‘lgan sportchilarda bu qiymat 18 – 19 m/s dan oshmasligi qayd qilinadi. Diskning 7 – 8 aylanish/s tezligida aylanishi uning yerga tushishigacha barqaror holatda uchishini ta’minlab beradi. Sekin aylanuvchi disk qayriladi va qovurg‘a qismi bilan yerga qulab 408 tushadi. Diskni qarama – qarshi esuvchi shamol (5 m/s gacha tezlikda) yo‘nalishida to‘g‘ri holatda uloqtirish erishiluvchi natijani sezilarli darajada oshirishi, 5 metrgacha qo‘shimcha natija berishi mumkinligi qayd qilinadi. Qadimgi Gretsiyada I Olimpia o‘yinlarida disk uloqtirishning antik usulidan foydalanilgan, ya’ni bunda disk vertikal tekislik bo‘ylab uloqtirilgan. Biroq, II Olimpia o‘yinlarida zamonaviy davrda disk uloqtirish usulini chexiyalik Ya.Suk (1900-yil) namoyish qilib bergan, bunda disk aylantirish bilan va nisbatan nishablik burchagi ostida uloqtirish amalga oshirilgan. Bu usul navbatdagi davrlarda Finlyandiyada rivojlantirilgan. Jumladan, Finlyandiyada disk uloqtirishda qo‘llarning a’lo darajada mayatniksimon ko‘rinishdagi harakatlantirilishi va disk bilan birgalikda silliq holatda aylantirilishi bilan ifodalanuvchi sport maktabi taraqqiy etgan. Bu usulga raqobatchi sifatida amerikalik disk uloqtiruvchilar o‘z uslublarini ishlab chiqishgan, bunda diskni uloqtirish vertikal o‘q atrofida aylantirish bilan, oyoqlarda chuqur holatda o‘tirish orqali uloqtirilgan. Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan har ikkala usulning turli xil modifikatsiyalari ustunlik qiladi. Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga erkaklar o‘rtasida disk uloqtirish sport turi dastlab 1896-yilda kiritilgan, ayollar o‘rtasida esa 1928-yildan boshlab foydalanilgan. 1928-yilda XXVII Olimpia o‘yinlarida (Sidney shahri, 2000-yil) disk uloqtirish bo‘yicha Olimpia chempionlari sifatida quyidagi sportchilar qayd qilib o‘tilgan: jumladan, erkaklar o‘rtasida V.Alekna (Litva) – 69,30 metr va ayollar o‘rtasida E.Zvereva (Belorussiya respublikasi) – 68,40 metr. Afina shahrida o‘tkazilgan XXVIII Olimpia o‘yinlarida V.Alekna (Litva) yana Olimpia chempioni sifatida qayd qilingan (69,89 metr). Ayollar o‘rtasida oltin medalni N.Sadova (Rossiya) qo‘lga kiritgan (67,02 metr), bronza medali esa Belorussiyalik I. Yatchenkoga nasib qilgan (66,17 metr). Disk uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dastlabki dunyo rekordi 1912-yilda, 47,58 metr natija bilan qayd qilingan (Dj. Dunkan, AQSh); ayollar o‘rtasida esa – 1936-yilda dunyo rekordchisi sifatida G.Mauermauer (Germaniya) 48,31 metr natija bilan qayd qilingan. 409 Disk uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi uzoq vaqt davomida AQShlik sportchilar qo‘lida saqlangan, ayniqsa bu holat urushdan keyingi davrda yaqqol kuzatilgan. Disk uloqtirish bo‘yicha texnikani takomillashtirishda sezilarli faollik ko‘rsatgan sportchilar sifatida F.Gordiyen, R.Babka, D.Silvestr, A.Orter, M.Uilkins kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek,, ushbu o‘rinda L.Danek (Sobiq Chexoslovakiya), R.Brux (Shvetsiya), V.Shmidt (GDR), V.Trusenev va Yu.Dumchev (Sobiq ittifoq) kabi sportchilarni qayd qilib o‘tish mumkin. Dunyo miqyosida disk uloqtirish bo‘yicha kuchli sportchilar orasida yengil atletikaning ushbu turining rivojlanishiga N.Dumbadze, N.Ponomareva, T.Press, F.Melnik (Sobiq ittifoq); K.Shilberg, E.Yaal (GDR); A.Menis (Ruminiya); Z.Shilxava (Sobiq Chexoslovakiya) kabi sportchilar sezilarli hissa qo‘shishgan. Hozirgi vaqtda disk uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi GDRlik Yurgen Shultga tegishli bo‘lib, 1986-yil, 74,08 m natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi GDRlik Gabriela Raynshga tegishli u 1988-yil, 76,80 m natijani qayd etgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling