Yengil atletika va uni
Estafetali yugurish texnikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
4.2. Estafetali yugurish texnikasi
Estafetali yugurish tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi. Yengil atletikada estafetali yugurishning quyidagi turlari ajratiladi: - stadionda o‘tkaziladigan estafetali yugurish. Bu yerga 4x100 m, 4x400 m musobaqalar kiradi, ular klassik turlar hisoblanadi; - har qanday masofalarga va har qanday miqdordagi bosqichlar bilan estafetalar, shuningdek,, - shved estafetalari, masalan, 800+400+200+100 (yoki teskari tartibda); - stadiondan tashqarida, masalan, shahar ko‘chalarida o‘tkaziladigan estafetalar. Ular uzunligi va bosqichlar miqdori, qatnashchilari har xil bo‘lishi bilan ajralib turadi (faqat erkaklar yoki aralash, ya’ni erkaklar ham, ayollar ham yugurishlari mumkin). Oqilona texnika, maxsus mashg‘ulot metodikasi, sportchilarni saralash tizimi va psixologik tayyorgarlik – buning hammasi yax shi estafeta jamoasini yaratish uchun asosiy mezon hisoblanadi. Esta- fetalarda masofa bo‘ylab yugurish texnikasi tegishli turlarning yugu- rish texnikasidan farq qilmaydi. Estafetali yugurish texnikasining o‘ziga xos xususiyati – estafeta turiga mos holda estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda uzatish texnikasidir. Estafeta jamoasining yaxshi natija ko‘rsatishida quyidagi omillar muhim sanaladi: - sportchilarning tegishli masofalardagi individual ko‘rsatkichlari; - estafetali tayoqchasini ishonchli uzatish; - jamoadagi sheriklarning muvofiq harakatlari; - yagona jamoaning yaxlitligi. Estafetali yugurish musobaqa qoidalariga muvofiq tayoqchani 20 m uzunlikdagi yo‘lakda uzatish kerak. 4x100 m ga yugurishda II, III va IV bosqichlar yuguruvchilariga yo‘lak boshidan boshlab 10 m atrofida qo‘shimcha yugurish beriladi, bu estafetali tayoqchasini berish joyigacha yuqori tezlik olishga imkon beradi. Sportchilar yugurish va tayoqchani uzatish zonalarini e’tiborga olgan holda I bosqichda 110 m ni, II bosqichda – 130 m, III da – 130 m, IV da – 120 m masofani bosib o‘tadilar. Shuning uchun jamoa a’zolarini bosqichlar bo‘yicha joylashtirayotganda ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish 136 zarur. 4x400 m ga estafetali yugurishda va boshqa hamma estafetalarda qo‘shimcha yugurish berilmaydi va ishtirokchilar 20 metrli yo‘lakda turgan holatlarida start oladilar. Bu estafetalarda yugurish tezligi pastroq va shu sababli qo‘shimcha yugurish berilmaydi. Estafetali yugurish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) estafetali tayoqchasini biror joyga solib qo‘ymasdan; 2) estafetali tayoqchasini biror joyga solib qo‘yib. Odatda birinchi usul qisqa masofaga estafetalarda sodir bo‘ladi, ikkinchi usul qolgan barcha estafetalarda foydalaniladi. 3,8-4,00 sm 28-30 sm Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling