Yengil atletika va uni
-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruvchining holati 18-rasm
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
17-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruvchining holati
18-rasm. Estafeta tayoqchasini uzatish va qabul qilishda yuguruvchilar oralig‘idagi masofa Boshqa estafeta turlarida, lekin estafeta tayoqchasini maksimalga nisbatan kichikroq tezlik bilan uzatiladigan estafetalarda xuddi shunday usulda uzatish usuli qo‘llaniladi, biroq estafeta tayoqchasini qabul qilib olgan yuguruvchi masofada yugurish paytida uni o‘zi 1,5 m 141 uchun qulay bo‘lgan qo‘liga o‘tkazib olishi mumkin. Amalga oshi- riladigan uzatish tezligi qancha kam bo‘lsa, sportchi tayyorgarligi shun cha yomon hisoblanadi. Estafeta tayoqchasini uzatishda asosiy vazifa – tayoqchani uzatishni o‘ziga vaqt yo‘qotmasdan imkon qadar uni tezroq berishdan iborat. Uzatish paytida yuguruvchilar orasidagi masofa estafetani qabul qilib olayotgan yuguruvchining orqaga uzatilgan qo‘li uzunligiga va estafetani uzatayotgan yuguruvchining oldinga cho‘zilgan qo‘li uzunligiga teng bo‘ladi. Bu masofa estafeta tayoqchasini uzatayotgan yuguruvchining uzatish paytida oldinga egilishi hisobiga bir oz oshishi mumkin (18-rasm). Tegishli yugurish tezligida estafetani uzatish texnikasi oqilona qo‘llanilganda shunday masofani ushlab turish mumkin bo‘ladi. Agar masofa qisqarsa, uzatayotgan yuguruvchi qabul qilayotgan yuguruvchidan o‘zib ketishi mumkin va, aksincha, yuguruvchilar o‘rtasidagi masofa ortib ketsa, tayoqchani uzatish amalga oshirilmay qolishi mumkin va u yo‘lak tashqarisida bajariladi. 4.3. Estafetali yugurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyati Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgangandan so‘ng estafetali yugurish texnikasini o‘rganishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘rgatish uslubiyatining asosiy vazifasi yuqori tezlikda yugurib kelayotganda estafeta tayoqchasini aniq uzatish va qabul qilishni bildirishdan iborat. Quyida estafetali yugurish texnikasini o‘rganish uslubiyati tartibi, vazifalari, ularni hal etish uchun vositalar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling