142
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta yugurish to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot berish, jamoalarni tuzish va ularni
tezligini hisobga olgan
holda zonalarga qo‘yish bilan tanishtirish.
2-vazifa. Estafeta tayoqchasini berish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Estafeta tayoqchasini pastdan berish usulini tushuntirish va
namoyish qilish bilan o‘rgatish.
2.
Joyida turgan holda, hech narsaga taqlid qilmasdan birbiriga
o‘ng va chap qo‘l bilan uzatish, oldindan kelishilgan belgi bo‘yicha
yugurishdagi har xil harakat.
3. Qadam qo‘yishda signal bo‘yicha tayoqchani uzatish.
4. Signal bo‘yicha oluvchiga sekin, keyin tez yugurishda estafeta
tayoqchasini berish (uzatish).
5. Tez yugurishda ayrim yo‘lakchalardan estafeta tayoqchasini
berish (uzatish).
6. Shuning o‘zini 20 metrlik dahlizda vaqtni belgilash bilan uzatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatish
ikki qatorda
doirada turgan holda juft-juft bo‘lib bajariladi. Tayoqcha tayoqchani
beruvchi qo‘l-larining qarshi tomonida bo‘lishi kerak (19-20 rasmlar).
19-rasm. Esrafeta tayoqchasini turgan joydan uzatish
143
20-rasm. Estafeta tayoqchasini yugurish vaqtida uzatish
3-vazifa. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi
yuguruchini startga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. Bir qo‘l bilan tayangan holdan to‘g‘riga start berish.
2. Bir qo‘lda tayangan holda, alohida yo‘lakchani burilishida
(to‘g‘ri yo‘lakka chiqishda) start berish.
3. Alohida yo‘lakchadan to‘g‘riga (burilishga kirish bilan) start
berish.
4. Masofani boshlanish zonasidan to nazorat belgisigacha aniqlash.
5. Alohida yo‘lakchadan, uzatuvchining nazorat belgisiga etgan
vaqtida start berish.
Do'stlaringiz bilan baham: