Yengil atletika va uni
-rasm. Estafeta tayoqchasini pastdan uzatish 15-rasm
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzatuvchi Qabul qiluvchi 16-rasm.
14-rasm. Estafeta tayoqchasini
pastdan uzatish 15-rasm. Estafeta tayoqchasini yuqoridan uzatish Uzatish bajarilgandan so‘ng estafetani qabul qilib olgan yuguruvchi o‘z bosqichida tez yugurishni bajaradi, estafetani uzatgan yuguruvchi esa asta-sekin yugurishni sekinlatib, to‘xtaydi, biroq o‘z yo‘lkasining yon chegarasidan chiqib ketmaydi. Boshqa jamoalar ham uzatish zonasidan yugurib o‘tganlaridan keyingina u yo‘lkani tark etadi. II bosqichda yuguruvchi estafeta tayoqchasini chap qo‘lida ushlab boradi va III bosqichdagi yuguruvchining o‘ng qo‘liga uzatishni amalga oshiradi. III bosqichda yuguruvchi aylana bo‘ylab mumkin qadar chetiga yaqin yuguradi va IV bosqichda estafeta tayoqchasini o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga uzatadi. Estafeta tayoqchasini uzatish yuqorida aytib o‘tilgan usullarda amalga oshiriladi. 139 Uzatuvchi Qabul qiluvchi 16-rasm. Uzatish zonasidagi uzatuvchi va qabul qiluvchining yo‘nalishlari Uzatish zonasida yuguruvchilar bir-birlariga halal bermasdan, ya’ni uzatishni bajarayotgan qo‘lga qarab, yugurish yo‘lkasining cheti bo‘ylab yugurishlari kerak. Estafeta tayoqchasini oqilona uzatish texnikasiga ega bo‘lgan yuguruvchi, tayoqchani qabul qilayotib, orqaga qaramasdan yuqori tezlikni saqlab qolgan holda yugurishni hamda estafetani qabul qilib olishni boshlashi kerak. Odatda, estafetani qabul qilib olayotgan yuguruvchi bir qo‘liga tayangan holda yoki yuqori startdan, yoki past startdan start oladi. Yuqori startda yuguruvchi nazorat belgisini va unga yugurib kelayotgan yuguruvchini ko‘rish uchun boshini bir oz orqaga buradi. Bir qo‘lga tayanib start olishda yuguruvchi tayanib turmagan qo‘l elkasi ustidan orqaga qaraydi yoki boshini tushirgan holda tayanib turmagan qo‘li tagidan orqaga qaraydi (17-rasm). Tayoqchani uzatish paytida eng muhim element – bir maromda yugurish, ya’ni oyoqqa mos holda yugurish zarur. Shuningdek,, yugurishni boshlash uchun optimal –fora»ni topish zarur, ya’ni yugurishni –fora»ning shunday uzunligida boshlash kerakki, ayoqchani uzatayotgan va qabul qilayotgan yuguruvchilarning tezliklari uzatish zonasi o‘rtasiga to‘g‘ri kelishi zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling