Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar. 
1. Stadion.
2. Olimpiada.
3. Start.
4. Start tezlanishi.
5. Kross
6. Qum.
7. Asfalt.
8. Yumshoq.
9. Sirpanchiq.


164
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Kross yugurishning masofasi qancha?
2. Olimpiada dasturiga kross yugurish kiritilganmi?
3. O‘zbekistonda kross yugurishning qanday turlari bor?
4. Ilk bor kimlar o‘rtasida yengil atletika to‘garaklari tuzilgan? 
5. Gorizontal to‘siqlardan o‘tish texnikasi?
6. Vertikal to‘siqlardan o‘tib yugurish texnikasi?


165
VI BOB. G‘OVLAR OSHA YUGURISH
6.1. G‘ovlar osha yugurishning rivojlanishi
G‘ovlar osha yugurishning sport turi sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi, garchi aynan “turli g‘ovlar ustidan oshib yugurish” 
haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1837-yilgacha tilga olib o‘tilgan 
bo‘lsada, 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Ingliz tarixchisi 
F.Bebsterning eslatishicha, xuddi shu vaqtda Iton kolleji o‘qituvchilari 
g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘ra 
boshlaganlar. Zamondoshlarning ta’kidlashiga ko‘ra, yugurishning 
bunday hissiyotlarga boy va artistona turi yanada yoshroq sport 
ixlosmandlarini o‘ziga jalb etmasligi mumkin emasdi.
“Belta Life” jurnalida balandligi 3 fut 6 dyuym (106,7 sm) bo‘lgan 
o‘zaro teng masofada joylashtirilgan 10 ta g‘ovni oshib o‘tib yugurish 
bo‘yicha bir-biri bilan musobaqalashgan ikki sport ishqibozi haqidagi 
maqolacha ko‘zga tashlanib qoldi. Jurnal 1853-yilda nashr etilgan edi. 
Shu sana g‘ovlar osha yugurishning rivojlanish tarixi boshlangan kun 
hisoblanadi. Rekord natijalarning dastlabkisi deb atash mumkin bo‘lgan 
ilk ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada Kembrij va Oksford universitetlari 
talabalari uchrashuvi paytida 1864-yilda qayd etilgan. 120 yardlik 
masofada g‘ovlar osha yugurgan g‘olibning natijasi 17 ¾ sek ga teng 
edi. U vaqtlarda g‘ovlar maxsus tayyorlanmagan, havaskorlar qo‘y 
qo‘tonlari uchun ishlatiladigan balandligi 3 fut 6 dyuymlik g‘ovlardan 
foydalanib qo‘ya qolganlar. Oksford bayonnomasida (1864-y.) chop 
etilgan g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha birinchi qoidalarda ana shu 
balandlik majburiy deb qayd etilgan. Bir-biridan 10 yard oraliqda 
joylashtirilgan, aniqrog‘i yerga ko‘mib mahkamlangan 10 ta g‘ov 120 
yardlik musobaqalashuv masofasini tashkil qilgan. Ana shu o‘lchamlar 
bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. 
Taxminan o‘sha vaqtlarda g‘ovlar osha yugurish Amerika qit’as-
idagi kollej va universitet talabalari orasida ham ommalashib ketdi. 
Balki yuqorida aytib o‘tilgan qo‘y qo‘tonlarining g‘ovlari ularda 
bo‘lmaganligidan, amerikalik sportchilar g‘ov sifatida yugurish 
yo‘lakchalariga ko‘ndalang tortilgan barcha ishtirokchilar uchun 


166
umumiy tizimcha, keyinroq esa plankadan foydalanganlar. Bu 
“yangilik” ko‘pincha rekord ko‘rsatkichni hisobga olishda qiyinchilik 
tug‘dirgan, negaki, K.Dogerti bergan ma’lumotlarga qaraganda, 
“tizimcha kimning aybi bilan osilib qolgan, kim plankani urib tushirib 
yuborgan”, aniqlash qiyin edi.
U paytlarda g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha musobaqalar uning 
ishtirokchilari uchun jiddiy imtihon sanalgan. G‘ovlar, tizimchalar
plankalar ustidan oshib yugurish sportchilarning jarohatlanishiga 
olib kelgan. Shunga qaramay, g‘ovlar osha yugurish tez ommalashib 
boraverdi. Asta-sekin g‘ovlarning tuzilishi, ulardan oshib o‘tish 
texnikasi ham o‘zgarib bordi. Yerga mahkam ko‘mib o‘rnatilgan 
g‘ovlar o‘rnini to‘ntarilgan “T” harfiga o‘xshash g‘ovlar egalladi
u har bir yuguruvchi uchun alohida bo‘lganidan so‘ng esa yugurish 
tezligi keskin oshib ketdi. 1895-yil Nyu-Yorkda London atletika 
klubi jamoasi bilan uchrashuvda S.Cheyz 120 yard masofani 15,4 
s da bosib o‘tdi. Uch-yildan keyin AQSh havaskorlar atletika klubi 
chempionatida A.Krensleyn bu ko‘rsatkichni 15,2 s ga yaxshiladi. 
Buning ustiga, yugurish vaqtida u g‘ov ustidan oshib o‘tishning yangi 
texnikasini namoyish etdi. Oyog‘ini siltashni yuguruvchi hamma kabi 
uni ostiga yig‘ishtirib olgan holda emas, balki oyoq kaftini oldinga 
chiqarib bajardi. U oyog‘ini tizzada bukmay, rostlab, ikkinchisini bir 
oz bukkan holda yon tomonga ko‘tardi. Garchand oksfordlik A.Krum 
rostlangan oyog‘ini siltashni bajarib kelgan va buni 1891-yilda
A.F. Kopland o‘z suratlarida aks ettirgan bo‘lsada, A.Krensleyn 
g‘ovlar osha yugurishning zamonaviy texnikaning asoschisi sanaladi. 
A.Krensleyn oyog‘ini tizza bo‘g‘imida keskin rostlab, siltanuvchi 
oyoqqa qarama-qarshi qo‘lini (muvozanatni saqlash uchun) oldinga 
chiqargan holda oldinga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan harakatni 
amalga oshirgan. Bunday usul OMO‘ning (og‘irlik markazi o‘qi) 
vertikal tebranishlarini kamaytirishga, g‘ovlardan eng kam zahira 
bilan oshib o‘tishga, buning uchun oz vaqt sarflab, pirovard natijani 
ancha yaxshilashga imkon berdi. 
1935-yilda amerikalik murabbiy “y” simon tuzilishli g‘ovlardan 
foydalanishni taklif qildi, bu esa masofani bosib o‘tishda jarohat-
lanishlar miqdorini kamaytirish uchun sharoit yaratdi. Ushbu yangilik 


167
1937-yildayoq R.Taunega 13,7 sek natija ko‘rsatish imkonini berdi, bu 
bugungi kun nuqtai nazaridan ham yetarlicha yuqori natija sanaladi. 
110 m g‘ovlar osha yugurishda ko‘rsatkichlarning keyingi o‘sishi 
o‘z sur’atining yuqoriligi bilan ajralib turmadi. 1959-yilda M.Lauyer 
ko‘rsatgan rekord natija – 13,2 sek ko‘p-yillar davomida o‘zgarmasdan 
turdi, u qo‘l xronometrajidan foydalanib o‘lchangan. Eng yuqori 
toifali g‘ovchilarning zamonaviy ko‘rsatkichlari 13 sekundlik 
chegaradan yaqindagina o‘tgan. 1993-yilda Kolen Djekson o‘rnatgan 
jahon rekordi 12,91 s ga teng. Buning obyektiv sabablari, birinchi 
navbatda, shundaki, masofa XIX asrning o‘rtalarida shakllangan 
bo‘lib, hozirgacha o‘zgarishsiz saqlangan. Zamonaviy ekipirovkadagi 
baland bo‘yli, baquvvat sportchilar sintetika yugurish yo‘lkachalarida 
o‘tgan asrning cheklovlari tufayli o‘zlarini juda siqiq va noqulay his 
etadilar. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling