Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

G‘ovdan o‘tishga 
tayyorlanish
G‘ovdan sakrash
G‘ovga o‘tishga
G‘ovdan o‘tish
G‘ovdan tushish
28-rasm. 100 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi 
Ayollarda g‘ov ustidan uchib o‘tish traektoriyasi erkaklarnikiga 
nisbatan birmuncha qiyaroq. Ko‘pincha to‘la rostlanmagan oyoqqa 
tushish holatini kuzatish mumkin. Itariluvchi oyoq harakati erkaklar 
bajaradigan harakatdan farq qilmaydi.
Qo‘llar harakati, oyoqlar harakatining ritmi va amplitudasi 
ancha yig‘inchoqlik kasb etadi. Itariluvchi oyoq tomonidagi qo‘l 
oldinga kamroq, pastga ko‘proq uzatiladi, ikkinchi qo‘lning tirsagi 
erkaklarnikiga nisbatan orqaga qisqaroq siljiydi. 
G‘ovlar orasida yugurish.G‘ovlar orasidan yugurib o‘tish erkaklar-
ning yugurishidan kam farq qiladi. Asosiy harakat hozirligi xuddi 
o‘shanday – erga “qo‘nish” paytida barcha harakatlarning faolligini 
oshi rish lozim. Bunda ayollar ancha manfaat-liroq holatda bo‘ladilar, 
chun ki g‘ovlar orasidagi masofa sprinterlik yugurishi uchun ko‘proq 
mos keladi – g‘ovlar orasida tanglik hissi paydo bo‘lmaydi. 


184
G‘ovlar orasida yugurish g‘ovsiz yugurishdagi o‘lchamlar bo‘yicha, 
tabiiyroq va kuchliroqdir. Qadamlar nisbati quyidagicha: erga 
“qo‘nish” – 120 sm; 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 197 sm; 3-qadam 
– 183 sm; itarilish – 200 sm, ya’ni erkaklarning qadamlaridan jiddiy 
farqlanmaydi. Biroq dastlabki qadamning uzunligi uni sun’iy uzaytirish 
hisobiga emas, balki g‘ovni oshib o‘tish paytida tezlikning kamroq 
yo‘qotilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayollarda g‘ovlar orasidagi siklda 
tezlik kattaligi kamroq tebranadi, shuning uchun qadamlar uzunligida 
ham tafovut kamroq. Shunday qilib, birinchi qadamning uzunligini 
oshirishga alohida e’tibor qaratmagan holda, itariluvchi oyoq tizzasini 
harakat yo‘nalishi chizig‘iga tezlik bilan yaqinlashtirish va oyoqni 
yuqoridan harakatlantirib, boldirni ko‘tarmagan holda erga qo‘yish 
kerak. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling