Yengil atletika va uni


G‘ov osha qo‘yilgan qadamning uzunligi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

G‘ov osha qo‘yilgan qadamning uzunligi. G‘ov ustiga sakrash 
undan 205-215 sm masofadan turib bajariladi, g‘ov ortiga esa 140-
150 sm narida “qo‘niladi”. Belgilangan masofadan yaqinroq nuqtada 
itarilish OMO‘ traektoriyasining baland va tik bo‘lishiga, uzoqroqdan 
itarilish esa g‘ov uzra harakatlarning sust kechishiga olib keladi. G‘ov 
osha qo‘yiladigan qadamning optimal uzunligi – 3,5 m (22-rasm).
So‘nggi-yillarning eng kuchli g‘ovchilari boshqacha, g‘ovni 
oshib o‘tishning biomexanik nuqtai nazardan maqsadga muvofiqroq 
texnikasini namoyish etadilar – ular oyoq kafti g‘ov plankasi ustidan 
o‘tayotgan lahzada oyoqni tizza bo‘g‘imida buka boshlaydilar, son va 
boldir orasidagi burchak 150,0+0,5 darajani tashkil etadi. G‘ovlarni 
oshib o‘tishning bunday texnikasida dinamika kuchliroq, bu yerda 
statik holatlar yo‘q, oyoqni erga tushirish paytida mushaklarning 
faol ishlashi kuzatiladi. “Rostlangan oyoq” holatida esa uning 


179
tushirilishi sonning orqa sirtidagi va quymich mushaklari zo‘riqishi 
hisobiga amalga oshiriladi, bu gavdaning chuqur egilishi bilan yuzaga 
kelgan, ayni shu lahzada mushaklarning “qo‘nish” paytidagi nisbiy 
“beharakat”ligi fazalari qayd etilgan. 
27-rasm. 110 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish 
vaqtidagi alohida qadam harakati trayektoriyasi: 
1–sportchi, 2–OMO‘, 3–itariluvchi oyoqning tizzasi, 4 – siltanuvchi 
oyoq kafti.
Ayollarning g‘ovlar osha yugurishida ancha qulay morfo-funk-
sional o‘lchamlari tufayli qizlarning bo‘yi, oyoqlarining uzunligi
g‘ovlarning balandligi, tezlik imkoniyatlari va h.k., siltanuvchi oyoq-
ning g‘ov ustidan olib o‘tishdagi bukilishi ancha sezilarlidir, balki 
shuning uchun bu hozirgi vaqtda boshqa variantlarga qaraganda eng 
to‘g‘risi deb tan olingan.
G‘ovlar orasida yugurish. G‘ov ortida erga “qo‘nish” g‘ovchini 
o‘z harakatlarini yanada faollashtirishga undaydi. Yuguruvchi 
siltanuvchi oyog‘i kaftining old qismida, tovonini yuqori ko‘tarib 
turgancha itariluvchi oyog‘ini tezlik bilan gavdasiga yaqinlashtiradi 
va tizzasini oldinga ko‘taradi. Gavdaning o‘rta chiziqqa ko‘tarilgan 
vaqtida itariluvchi oyoq qattiq bukilgan holatda bo‘ladi, siltanuvchi 
oyoq yerdan uzilganidagina oyoq kafti tizzadan bir oz oldinga o‘tib, 


180
tayanchga yuqoridan tushiriladi, bu paytda yuguruvchi barmoqlarini 
o‘ziga tortadi. Itariluvchi oyoqning tezkor harakati yugurishning 
engilligini saqlab qolishga yordam beradi. Birinchi qadamni shu 
oyoqning ancha keng harakati, tizza va boldirni oldinga ko‘proq 
ko‘tarish hisobiga uzaytirishga urinar ekan, yuguruvchi siltanuvchi 
oyoq bilan itarilish samaradorligini pasaytiradi. U ancha cho‘ziladi va 
kuchini bir oz yo‘qotadi. Siltanuvchi oyoq dastlabki qadamni bajarish 
chog‘ida noqulay holatda bo‘ladi, chunki uning barcha bo‘g‘imlari 
rostlangan. Birinchi qadam g‘ov ustidan oshib o‘tish inersiyasi, oyoq 
kaftining kuchi va, asosan, itariluvchi oyoqning faol hamda o‘z vaqtida 
bajarilgan harakati tufayli amalga oshiriladi. 
Zamonaviy sintetik sport yo‘lkachalarda, g‘ovchilarning bo‘y 
ko‘rsatkichlari oshib, ularning umumiy va maxsus tayyorgarligi 
darajasi yaxshilanib borayotganligini hisobga olsak, birinchi qadamni 
bajarishga katta e’tibor qaratish zarurati yo‘qoldi. Birinchi qadamni, 
uning uzunligi haqida ortiqcha qayg‘urmay, biomexanika nuqtai 
nazaridan afzalroq tarzda tashlash imkoni paydo bo‘ldi. O‘z navbatida, 
qadamning uzunligi aslida o‘zgargani yo‘q, tananing alohida qismlari 
tezligi hamda harakatlarning umumiy sinxronligi bu qadamning vaqt 
nuqtai nazaridan qisqaroq va kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu keyingi 
ikki qadamga ham taalluqlidir. 
10 yard masofa Angliyada 100-yildan ko‘proq vaqt avval belgilan-
gan bo‘lib, tuproq yo‘lkalarda itarilishga uncha ko‘p e’tibor qilmagan 
holda qadamlarning tabiiy uzunligidan foydalanishni ko‘zda tutgan 
edi. U vaqtda birinchi qadamni uzunroq tashlash manfaatliroq bo‘lgan, 
shunda qolgan ikkitasini erkinroq va tez bajarish mumkin edi. Hozirgi 
sharoitda (sintetik sport yo‘lkacha-lar, qulay poyabzal, sportchining 
bo‘yi va h.k.) vaziyat o‘zgardi. G‘ovlar orasidan endilikda sun’iy 
ravishda qadamlarni qisqar-tirib yugurishga to‘g‘ri kelyapti. Qadamlar 
uzunligining quyidagi nisbati eng samarali hisoblanadi: erga “qo‘nish” 
– 145 sm, 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 210 sm; 3-qadam – 195 sm; 
g‘ov ustiga itarilish – 214 sm.
Ikkinchi qadam odatdagi yugurish qadami sanaladi, lekin g‘ovlar 
orasidagi chegaralangan kesmada itariluvchi oyoq tizza bo‘g‘imida 


181
to‘liq rostlanmagan holda tayanchdan uziladi, uning rostlanishi 
parvoz bosqichida amalga oshadi. Bu qadamning bajarilishi umumiy 
ko‘rinishi jihatidan ham, tayanch-parvoz oraliqlariga ko‘ra ham xuddi 
sprinterning yugurishga o‘xshaydi. 
Uchinchi qadam startdan yugurib kelishning so‘nggi qadami 
kabi bajariladi. Bu yerda ham parvoz vaqtida sonlarning tezlik 
bilan birlashtirilishi, oyoqni itarilishi uchun tez va qisqa yo‘l bilan 
yo‘lkachaga qo‘yish kuzatiladi. Yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan 
sportchilarda itariluvchi oyoqni OMO‘ proeksiyasi ortiga joylashtirish 
xatosi uchraydi. Natijada ular oyoqlarini tez va yuqoridan qo‘yishga 
ulgurmaydilar. Buning oqibati o‘laroq uchinchi qadam ikkinchisidan 
30-35 sm qisqaroq bo‘lib qoladi. Optimal tafovut esa 15-20 sm ga 
teng. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling