Yengil atletika va uni
Yuguriishning turli vaziyatlarini qo‘llaganda qadamlar uzunligi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Yuguriishning turli vaziyatlarini qo‘llaganda qadamlar uzunligi
dinamikasi Itari- lish Yerga “qo‘nish” 1-g‘ovgacha qadamlar soni Qadamlar uzunligi, sm 1 2 3 4 5 6 7 8 207 150 8 (erkaklar) 55 115 130 145 160 180 205 175 200 120 8 (ayollar) 60 95 115 135 150 175 190 180 215 150 7 (erkaklar) 90 120 160 180 205 215 187 - 7 qadamli variantda oldindagi start tirgagi start chizig‘idan 20- 30 sm masofada qo‘yiladi, og‘ish burchagi – 30-40 o . Sportchi unga siltaydigan oyog‘ini joylashtiradi. Start tirgaklari orasidagi masofa 45-60 sm bo‘lib, bu dastlabki qadamlar uzunligini oshirishga imkon beradi. Ikkinchi start tirgagining og‘ish burchagi – 60-65 o . Start o‘qi uzilgach, g‘ovchi ilk qadamlaridanoq qaddini bir 172 me’yorda rostlay boshlaydi va 5-6 qadamda odatdagi yugurish holatini egallaydi. Ayollarning morfofunksional ko‘rsatkichlari hamda masofa o‘lchamlari (g‘ovlarning balandligi va ular oralig‘i) nisbati qulayroq bo‘lgani tufayli ular egilgan holatni ko‘proq vaqt saqlashlari va to‘la rostlanmasdan g‘ovga “hujum” boshlashlari mumkin. Amaliyotda gavdaning egilishi bilan bog‘liq nuqsonlar ko‘p uchraydi. 3-4- yoki hatto 1-2-qadamlardayoq gavdani rostlash yugu- rish tezligini bir me’yorda oshirib borishga putur etkazadi, bunda inersiya kuchlaridan foydalanilmaydi, tezlik itarilishga alohida e’tibor berilganligi tufayli oshadi, bu tananing orqa qismidagi mushaklarning haddan ziyod zo‘riqtirilishiga olib keladi. G‘ovchining start olish texnikasiga xos juda muhim element uning egallagan holatidir. Sportchining dastlabki harakati startdagi nigohi yo‘nalishini saqlagan holatda amalga oshiriladi. Dastlabki qadamlar koptokning sakrashidek tarang bo‘lishi lozim, bunga oyoqlarni avval tizza bo‘g‘imida va shundan keyingina kaft bo‘g‘imida faol rostlash hisobiga erishiladi. Oyoq kaftlarida baland turishga intilish oyoqlarning tizza bo‘g‘imida anchagina bukilishiga sabab bo‘ladi. Oyoqlarni rostlash vaqtida tayanchli oraliq uzayadi va bu yugurish tezligining pasayishiga olib keladi. 7–va 8–qadamlarni bajarish juda katta ahamiyatga ega. Aynan shu qadamlar g‘ovni oshib o‘tish ritmini belgilaydi. Ular avvalgilariga qaraganda ancha faol, deyarli bor kuch bilan bajariladi. So‘nggi qadamni qisqartirish uchish bosqichida sonlarni tezlik bilan bir-biriga yaqinlashtirish hamda oyoqni tayanchga jadal qo‘yish hisobiga amalga oshiriladi. Bu startdan yugurib kelishning eng murakkab elementi hisoblanib, uni takomillashtirishga ko‘p vaqt sarflash o‘zini oqlaydi. Bu qadamning to‘g‘ri bajarilishi tufayli itariluvchi oyoq deyarli to‘liq, rostlangan holda OMO‘ (og‘irlik markazi o‘qi) proyeksiyasiga yaqin keltiriladi. Eng kuchli sportchilarda oyoqni joylashtirish burchagi 65 0 gacha, tizza bo‘g‘imida esa 160 o gacha yetadi. Oyoq barmoqlarini sportchi o‘ziga qaratib tortadi, oyoq kafti tarang holda uzatiladi. G‘ov ustiga itarilish vaqtida tayanch oyoq tizza bo‘g‘imida deyarli bukilmaydi, u oyoq kafti hisobiga amortizatsiyalanadi. G‘ovlardan oshib o‘tish texnikasini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. 173 Ulardan biri – alohida bosqichlarni (yuguruvchi egallagan vaziyatlarni) ayirib ko‘rsatish bo‘lib, u shakliga ko‘ra tekshirilayotgan o‘lchamlarga aniq javob beradi. 25-rasmda g‘ovlar osha yugurish kinogrammasi – to‘siq ustidan oshib o‘tish lahzasi berilgan. G‘ovchining barcha harakatlari tinimsiz mashq mahsuli bo‘lib, uning asosida g‘ovlarni, ular orasidagi masofani va, umuman, butun masofani imkon qadar tezroq bosib o‘tishga intilish yotadi. Shuning uchun ham g‘ovchining texnik mahoratini belgilovchi harakatlarning oqilonaligi, g‘ovlar osha yugurish samaradorligining asosiy mezonidir. Bunda sportchi harakatning alohida fazalarini yaxlit bajarish uchun tejamli harakatida sarflaydigan eng kam vaqt hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling