Yengil atletika va uni


Masofa bo‘ylab yugurish tezligining dinamikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Masofa bo‘ylab yugurish tezligining dinamikasi. Har xil mala-
kali g‘ovchilar masofa bo‘ylab tezlik dinamikasini ta’minlashda bir-
birlaridan ancha farq qiladilar. Yuqori malakali sportchilar mazkur 
ko‘rsatkich bo‘yicha qisqa masofaga yuguruvchilarga o‘xshab 
ketadilar. Uchinchi g‘ovga eng yuqori tezlikda hujum boshlaydilar 
(30-metr) va shu tezlikni 7-g‘ovgacha saqlab turadilar, keyin tezlik 
asta kamaya boshlaydi. Past malakali sportchilar faqat 1-g‘ovgacha 
olgan tezliklaridan 3-4-g‘ovlar orasida foydalanadilar, so‘ng tezlik 
pasaya boradi. Tezlik dinamikasidagi tafovutlarning sababi shundaki, 
past malkali g‘ovchilar to‘siqlarni oshib o‘tishda yo‘l qo‘ygan xatolari 
yugurish tezligining pasayishiga olib keladi.
Harakatlanishga avvaldan hozirlik ko‘rish ham turlicha bo‘ladi. 
Yuqori toifali sportchilar har doim harakat sur’atini oshirishga 
intiladilar. Masofada ular g‘ovlar osha yugurish va g‘ovlarni oshib 
o‘tish hisobiga bunga erishadilar. Masofaning oxirida, charchoq 
kuchayib borar ekan, g‘ovlar osha birmuncha zahira bilan sakrash 
lozim bo‘ladi, aks holda to‘siqqa urilib ketish mumkin. Boshqa guruh 
g‘ovchilari 6-7-g‘ovdan oshib o‘tganidan so‘ng, e’tiborini qadamlari 
uzunligiga qaratishi kerak bo‘ladi. Oxirgi g‘ovdan keyin marragacha 
bo‘lgan oraliq, ayniqsa bor kuch bilan, tez-tez qadam tashlab o‘tilishi 
lozim. 


182
Texnikani izchillik bilan egallab borish jismoniy sifatlarni rivojlan-
tirish bilan barobar amalga oshiriladi. Harakatlarning tashqi manzarasi 
bilan birga yugurishning harakat tuzilishi ham takomillashtiriladi. 
Tayanchli va parvoz bosqichlarining nisbati mutanosiblashib boradi. 
Tayanchli fazalar qisqaradi, yugurishning umumiy vaqti ham 
kamayadi. Uchinchi fazalar avval ortadi, mahoratning oliy nuqtasiga 
etganda, sportchilar harakatlarini faollashtirishga qodir bo‘lgan davrda 
esa, parvoz vaqti qisqaradi (3-jadval).
3-jadval

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling