Yengil atletika va uni


m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

6.2. 110 m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi
Start va startdan yugurib kelish. Bunga, odatda, birinchi g‘ovga 
qadar yugurib kelishni kiritadilar. Keyin quyidagi elementlar ko‘rib 
chiqiladi: g‘ov ustidan oshib o‘tish va g‘ovlar orasida yugurish. 
Startdan yugurib kelish ko‘pincha 3-g‘ov atrofida yakunlanadi. 
24-rasm. G‘ovdan o‘tish kinogrammasi
Yugurish past start tirgaklaridan (kolodkalar) qo‘llagan holda 
boshlanadi. Eng kuchli g‘ovchilar tirgaklarni quyidagicha joylash-
tirishni ma’qul ko‘radilar: oldindagisi start chizig‘idan ikki oyoq 
kafti oralig‘ida, orqadagisi esa bir oyoq kafti oralig‘ida uzoqroqqa 
qo‘yiladi (25-30 sm). Kamroq tayyorgarlik ko‘rganlarga boshqacha 
joylashtirish mos keladi: oldindagi start tirgagi chizig‘idan 1-1,5 oyoq 
kafti oraliqda, 1-1,5 oyoq kaftiga teng masofadan keyin esa ikkinchisi 
qo‘yiladi. Start tirgaklari o‘qlari orasidagi masofa – 15-20 sm. 
Start holatini egallash uchun sportchi yo‘lkachaga chiqib, start 
tirgaklari oldida turadi. Keyin qo‘llariga tayanib, oyoqlarini tirgaklarga 
joylaydi. Shundan so‘ng orqadagi oyog‘i tizzasini yerga tayab, 
rostlangan qo‘llarini yelka kengligida yoki undan kengroq ochgan 
holda start chizig‘iga taqab qo‘yadi. Barmoqlari tarang gumbaz 
shaklida hech bo‘lmaganda, bo‘g‘imlaridan bukilgan bo‘lishi kerak. 
Bel to‘g‘ri, yetarlicha bo‘shashtirilgan.


170
“Diqqat!” buyrug‘i berilishi bilan yuguruvchi bir me’yorda, 
lekin tezgina tosini yelka sathidan 15-20 sm balandroqqa ko‘taradi. 
Bu holatda tana og‘irligi qo‘llarga, oldindagi start tirgagi qo‘yilgan 
oyoqqa taxminan bir me’yorda, orqadagi oyoqqa kamroq hisobdan 
taqsimlanadi. Bunda boldirlar deyarli bir me’yorda. Oldindagi 
oyoq soni bilan boldiri orasidagi burchak 90-100
o
ga teng, orqa 
oyoqda esa 120-140
o
. Sportchining nigohi tizzasi yoki oyoq kaftiga 
qaratiladi. Nigohning oldinga – start chizig‘idan nariga qaratilishi 
sportchi-ning ko‘tarilgan vaziyatda bo‘lishiga olib keladi, bu esa, o‘z 
navbatida, uning startdan birinchi bo‘lib oldinga harakat boshlashini 
keltirib chiqaradi, ya’ni xatoga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilarning 
barchasi – umumiy variant, sportchining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqib (gavda tuzilishi, muvozanat darajasi, harakatlanishi va 
psixik xususiyatlari) ularga o‘zgarish kiritish mumkin. “Diqqat!” 
buyrug‘idan so‘ng yuguruvchi tanasini zo‘riqtirib turmasligi lozim. 
Bu vaziyatda u fikrini jamlab, start uchun o‘q uzilganda darhol yugura 
boshlashga tayyorlanadi. O‘q uzilgach, bir yo‘la ham qo‘llar, ham 
oyoqlar harakatga tushadi. Tana yuqoriga – oldinga intiladi va g‘ovchi-
sprinter start tirgagidan yugurib chiqadi. Bunga, bir tomondan, qo‘l 
va oyoqlar, ikkinchi tomondan, oyoqlarning o‘zaro muvofiq ishlashi 
tufayli erishiladi. Orqada turgan oyoq start tirgagidan yetarlicha kuch 
bilan itariladi va tizzada imkon qadar bukilib, tezlik bilan oldinga-
yuqoriga chiqariladi, oldingi start tirgagida joylashgan oyoq bu vaqtda 
to‘la rostlanadi. Bu harakatlarning birortasini kuch nuqtai nazaridan 
ajratib ko‘rsatish start tirgaklardan chiqishning bir me’yorda, ritmik 
tarzda bajarilishiga putur etkazadi. Past startdan yugurishda butun 
kuch oldinga harakatlanishga qaratiladi. Tananing optimal darajada 
(anchagina, lekin haddan ortiq emas) egilib turishi gorizontal tezlikni 
oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. Past startdan yugurish oyoq kaftining 
oldingi qismidan, tovonni yerga bosmasdan bajariladi. 
Dastlab sprinter bilan g‘ovchining harakatlari aynan bir xil bo‘ladi. 
Keyin esa startdan tezlik olishdan tashqari g‘ov-chining birinchi 
g‘ovgacha yugurish faoliyati itarilish joyiga to‘g‘ri tushishi zarurati 
tufayli murakkablashadi. 


171
Erkaklarda birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa ularni ushbu 
masofani ikki xil variantdan birini qo‘llab yugurishga majbur qiladi 
– yo 7 (40% sportchilar), yoki 8 (60%) qadam qo‘yish yo‘li bilan. 
Har ikkala variant ham o‘z kamchiliklariga ega. Birinchi variantda 
qadamlar uzunligiga e’tiborni qaratish, ikkinchisida uni birmuncha 
qisqartirish lozim. Birinchi variantda ham, ikkinchi variantda ham 
qadamlar uzunligining tebranishlari g‘ovsiz masofa startiga nisbatan 
10% ni tashkil etadi. 
Yetti qadamli variantdan baland bo‘yli sportchilar (188 sm va 
undan baland) foydalanadilar. Ayollarning deyarli barchasi 8 qadamli 
variantni qo‘llaydi, chunki ularda birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa 
72 sm ga kamroq.
Birinchi g‘ovgacha yugurib borishda sportchi oldida kamida uchta 
vazifa turadi: 1) imkon qadar katta tezlikni olish; 2) itarilish joyiga 
aniq tushish; 3) g‘ovga “hujum” uchun qulay vaziyatni tanlash.
8 qadamli variantda birinchi dastgohchaga (start chizig‘idan 40-
55, ayollarda 35-40 sm, og‘ish burchagi – 40-45
o
) itariladigan oyoq 
joylanadi. Ikkinchi start tirgagi yana 30-40 sm (ayollarda 20-40 sm) 
uzoqroqqa qo‘yiladi, og‘ish burchagi – 50-60
o
.
2-jadval

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling