Yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni


Et larni ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari


Download 397.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana14.03.2023
Hajmi397.68 Kb.
#1268425
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Exspert tizimlar

Et larni ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari 
ET lar ekspert-insonlarga nisbatan ma'lum yutuqlarga ega: 
1. Ular shoshilinch xulosa chiqarmaydi. 
2. Bu tizimlar bir-biriga bog'liq holda ishlab, eng yaxshi natija beradiganini 
tanlaydi. 
3. Bilimlar ombori juda katta bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan bilimlar, 
mashina xotirasida abadiy qoladi. Inson esa cheklangan bilimlar omboriga ega 
bo'lgani uchun, ko'p vaqt ishlatilmay kelgan ma'lumotlar esdan chiqib, yo'qolib 
ketadi. 
4. ETlarning «shovqin»ga bardoshi yuqoridir. Ekspert masala yechimi bilan 
umuman bog'liq bo'lmagan tashqi ta'sirlar ostida noto'g'ri fikrga kelishi mumkin. 
Boshqa sohalardagi bilimlardan xabarsiz ETlar shovqinga bardoshlidir. Vaqt o'tishi 
bilan bilimlarga asoslangan tizimlar foydalanuvchi tomonidan bilimlar yozish va 
tarqatish usuli sifatida qaralishi mumkin. Boshqa Komp’yuter dastur mahsulotlari 
kabi ETlar ham masala yechish borasida insonning o'rnini bosa olmaydi, lekin 
masalani tez va samarali hal etishi uchun mehnat quroli bo'lib xizmat qiladi. 


29 
5. Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol 
bo'lib hisoblanadi. 
Ekspert tizim turlari 
1960—70-yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining sohalarida klassik 
hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va dastur 
ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin: 
1. META-DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga (massa-
spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda kimyoviy 
birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-DENDRAL 
DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va kimyoviy birikma 
qismlarining tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi. 
2. MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-NERMYCIN. Bular medisina ET lari 
bo'lib hisoblanadi. 
3. PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer osti 
qazilmalarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish tizimi. 
4. CAKNET-EXPERT — ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini olish 
bo'yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab chiqilib, 
uning yordami orqali bir necha medisina tizimlari ishlab chiqilgan. 
5. HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi birinchi ikkita 
tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali aniqlovchi intellektual 
tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi — tizimning ayni vaqtdagi 
ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash orqali ajralib turadi. 
Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY-3 va AGE 
(Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi. 


30 
6. SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizimlari 
Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish maqsadlarida 
ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi joylashgan 
bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi 
uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak. , 
Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi kichik ET larni yaratish 
maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi. 
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik nazariya 
va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan edi. 
Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy sonlar 
tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax 
gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy sonlar 
yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi yoki inkor 
etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish jarayoni to'xtab 
qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga qaramasdan, tizim evristik 
qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki kiritilgan qoidalardan kelib 
chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi. 
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q 
qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar 
yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi 
ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original 
mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya 
ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti kemalarini 
cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi. 
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta 
tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida 


31 
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol ravishda 
buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi tomonidan 
belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi. 
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual 
tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar elementlarini kodlash 
va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc «NHK» 
— inglizcha enciklipedia so'zidan). 

Download 397.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling