Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi
tashkil qiladi. Agrar sektorda fermer xo’jaliklarining ahamiyati
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer-bozori-yer-rentasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda yer tuzish loyihasini ko’rib chiqish va tasdiqlash 7 .
6
tashkil qiladi. Agrar sektorda fermer xo’jaliklarining ahamiyati. 7-rasm. O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi So’nggi yillarda qishloq xo’jaligida oli borilayotgan islohotlar natijasida yetishtirilayotgan mahsulotlar hajm va sifat jihatidan sezilarli darajada o’zgardi. Milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari qatori qishloq xo’jaligi ham yuksaldi. Masalan 2008- yilda jahon mamlakatlari inqirozdan aziyat chekayotgan bir paytda qishloq xo’jaligi yuksaldi. Masalan 2008-yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 4,5%ga o’sdi. Keyingi yillarda yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi dehqon va fermer 6 “Iqtisodiyot nazariyasi” Tojiboyeva S. 23 xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Fermer xo’jaliklarining ulushi esa yildan yilga ortib bormoqda. Mahsulot sifati va hajmining o’zgarishi ularni eksportga chiqarish imkoniyatini yaratmoqda. Bundan tashqari, fermer xo’jaliklarining rivojlanishi yerga bo’lgan talabni ortishiga hamda bozorda mahsulot narxlarining barqarorlashuviga yordam bermoqda. Fermer xo’jaliklarini ixtisoslashtirish maqsadida ular uchun ajratilgan yer maydonlarini 2008-yilga kelib paxtachilik va g’allachilikda 37 ga.dan 93,7 ga.gacha ko’tarildi yoki 2,5 barobarga oshirildi. Natijada 2008-yilda yetishtirilgan paxtaning 99,1%i, g’allaning 79,2%i fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keldi. Natijada tashqi bozorga chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ortib, ularning narxi ham ortishiga olib keldi. Fermer xo’jaliklari o’rtasida raqobatning yuzaga kelishi mahsulotlarning istemolchilarga maqbul narxlarda yetkazib berilishiga sabab bo’lmoqda. O’zbekistonda yer tuzish loyihasini ko’rib chiqish va tasdiqlash 7 . Ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o’zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo’ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo’jaligi hamda o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko’rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Xo’jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratib berish loyihalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xo’jalik yer tuzish loyikalari tuman kokimi tomonidan 7 “O’zbekiston Respublikasi yer kodeksi” 24 tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o’zgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi. Yer tuzishni yer tuzish xizmati organlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiradi. qishloq xo’jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida yer tuzish bilan bog’liq tadbirlar qishloq xo’jaligida asosan fermer va dehqon xo’jaliklari tuzishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Chunki Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo’jlik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Keyingi yillarda yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismi ichki bozorni taminlashga qaratilmoqda, ularning sifati yuqori o’ringa qo’yimoqda. Qishloq xo’jaligining eksportdagi ulushi boshqa rivojlanayotgan sohalar hisobiga kamaymoqda, ammo bu agrar sektor rivojlanmayapti degani emas. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling