Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi
-rasm. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi 1 . - Yaim dagi ulushi -
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer-bozori-yer-rentasi
1-rasm. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi
1 . - Yaim dagi ulushi - - Mahsulotning o’sishi (% da) Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. 1 “Almanac O’zbekiston 2010” 4 Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (xayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Yer boshqa mahsulotlardan o’zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi; * Yer miqdori o’zgarmas, * Yerning ko’chmasligi, * Yerga hech bir o’rinbosar resurs yo’q. Bu xususiyatlar yerning iqtisodiyotda qanchalik muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. O’zbekiston iqtisodiyotida muhim o’rin tutuvchi paxtachilik va boshqa muhim sohalardagi muammolarni hal etish bugunki kunda agrar sektorning dolzarb mavzularidan biriga aylangan. O’zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bu omillar yer bozori, yer bozorini tartibag soluvchi meyorlar va yuzaga keluvchi munosabatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yer bozori haqida tushuncha Iqtisodiy nazariyada yer deganda, yer maydoni va undagi tabiiy boyliklar tushuniladi, yani, undagi qazilma boyliklar, yerning hosildorligi va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini nazarda tutamiz, yani undan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yoki qurilishda foydalanish mumkin. Shu jihatdan yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlarida va noqishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan yerlarga bo’linadi. 5 O’zbekiston Respublikasida Yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan, yani yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi: 1) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi; 2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari-shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – ko’ rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar-alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) o’rmon fondi yerlari-o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari-suv ob'ektlari, suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob'ektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar. Respublika aholisining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini va bu sohaning muhimligini hisobga olgan holda yerlarning katta qismi shu sohaga ajratildi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling