16
Umuman olganda renta quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin.
Rеnta - ijarachining yеr egasiga to`laydigan ijara haqining bir qismi hisоblanadi.
Ijara haqi quyidagi qismlardan iborat bo’lishi mumkin:
- Rеnta
- qurilgan inshооtlarning amоrtizatsiyasi
- yеrga qo`yilgan kapital fоizi.
Ijara haqi.
Renta munosabatlarini o’rganishda rentaning ijara haqidan farqiga e'tiborni
qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot qurilgan yoki boshqa
kapital qo'yilmalar sarflanmagan bo'lsa, ijara haqi renta miqdoriga teng bo’ladi. Aks
holda, ijara haqi yer rentasidan farq qilar edi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan
fovdalanganlik uchun to'lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz
(r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan
inshootlar amortizatsiyasi
(A). Buni formula quyidagi ifodalash mumkin mumkin:
IX = R + r + A .
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer ijaraga berilishidan tashqari, oldi-sotdi obyekti
sifatida foydalanilishi ham mumkin. Yer turli maqsadlarda qishloq xo'jalik
mahsulotlarini yetishirish yoki noqishloq xo’jaligi maqsadlarida (qurilish ishlari uchun)
qazilma boyliklar qazib olish uchun sotib olinadi. Bunday
hotlarda yerning narxi
belgilanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: