Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer-bozori-yer-rentasi
Differensial renta II- xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish va yerning
hosildorligini oshirishda qilinadigan xarajatlar bilan bog’liq holda vujudga keluvchi renta turi. Yerning hosildorligini oshirish uchun qilinadigan xarajatlarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Differensial renta II ijarachiga tegadi, chunki yerga qo’shimcha kapital sarflab, hosildorlikni oshirish evaziga olinadigan qo’shimcha daromad ijara shartnomasida ko’rsatilmagan bo’ladi. Qaysi xo'jalik yer hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish maqsadida o'z ishlab chiqarishida bu ko'rsatilgan omillardan yaxshi foydalangan holda xo'jaligini intensiv rivojlantirsa hamda o’z xarajatlarini kamaytirishga erishsa differensial renta II ni olishga muvaffaq bo'ladi. Bu holni quyidagi 2-jadvalda shartli misol sifatida ifodalashimiz mumkin. 2-jadval Ishlab chiqarish davri Ishlab chiqarish xarajatlari(so’m) Yalpi mahsulot(tonna) 1tonna mahsulotning individual qiymati(so’m) 1tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati(so’m) Sotilgan mahsulot summasi(so’m) Qo’shimcha mahsulot yani Differensial renta II 1-yil 10000 20 500 500 10000 --- 2-yil 15000 40 375 500 20000 10000 Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish agrar sektorda bosh yo'l hisoblanadi. 14 Faraz qilaylik, tabiiy hоsildоrligi jihatidan 3 хil yеr bo’lsin, ya’ni, yaхshi, o`rtacha va yomоn yеrlar. Bu yеrlarning hоsildоrligi har хil bo`lganligi uchun, ularning tеng o`lchamdagi uchastkalariga tеng miqdоrda kapital va mеhnat sarflasak, turli хil natija оlamiz. Hоsildоrligi yuqоri bo`lgan yеrdan, bоshqa yеrlarga nisbatan ko’prоq hоsil оlamiz va bu оrtiqcha оlingan hоsil yеrning tabiiy unumdorligi bilan bоg`liqdir. Yomоn yеr egasi esa sоf iqtisоdiy (absоlyut) rеnta оladi (4-rasm). Eng yaхshi yеr egasi har bir gеktar yеrdan har оyiga diffеrеntsial rеnta ni оlsa, o`rtacha yеr egasi - rеntani oladi. Yomоn yеrning rеntasi nоlga tеng. Bu misolda yerning hosildorligi asos qilib olindi. Ammo yerlarning hosildorligini mineral o’g’it solib yoki yangi txnika va texnologiyani qo’llash orqali ham oshirish mumkin. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling