Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana03.11.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1741705
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Yer-bozori-yer-rentasi

 


38 
Agrobiznes faoliyati tahlili. 
Qishloq 
xo’jalik 
sohalaridagi 
tadbirkorlik 
faoliyati 
agrobiznes 
deyiladi.Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan
iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham 
kiritiladi.Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni 
mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan 
tadbirkorlik faoliyatidir.Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan 
agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi. 
Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli 
qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali 
foyda ko’rishdan iborat. 
13
Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. 
chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer 
va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi 
va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda 
yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi 
shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni 
yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez 
moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta 
faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar 
islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash 
natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer 
xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa 
xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda 
dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan 
hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari 
13
“Mikroiqtisodiyot” S. G’ulomov 


39 
rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy 
tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi. 
Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini 
tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), 
“Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat 
xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni 
chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga 
asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish 
sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. 
14
Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham 
tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi.Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer 
xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi.Qashqadaryo 
viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik 
foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir 
xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil 
etadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling