Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet11/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Zilzila, yer qimirlash — Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining xar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.

Relef hosil qiluvchi omillar
Relyef endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.
R.ning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi R. saqida Yer maqolasiga q.[1] bu ham toʻgʻri
Endogen jarayonlar yerning yadro qismida xali yaxshi o‘rganilmagan murakkab jarayonlar bo‘lib, uning natijasida yerning ayrim joylari ko‘tarilib, tog‘lar xosil bo‘ladi. Buning xisobiga esa yerning boshqa joylari cho‘kadi. Bunday o‘zgarishlar bo‘lishi natijasida daryolar bir necha bor o‘z yo‘lini o‘zgartiradi. Yerning ichki kuchi ta‘sirida vujudga keladigan o‘zgarishlarga endogen jarayonlar deb ataladi.
Tektonika (yunoncha) – qurilish, qurish san‘ati, degan ma‘noni bildiradi. Yer ichidagi (yuqori mantiyadagi) harakatlar natijasida Yer po‘stida ro‘y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko‘tarilish, cho‘kish hodisalari tektonik harakatlar deyiladi.
Tektonik harakatlar yuqori mantiya bilan yer po‘stining o‘zaro ta‘sirida ro‘y beradi. Tektonik harakatning quyidagi turlari bor
Ana shularga asoslanib ko‘pgina olimlar tektonik xarakatlarni asosan 3 ta tipga bo‘ladilar.
1. Tebranma tektonik xarakatlar.
2. Burmalarni vujudga keltiradigan tektonik xarakatlar.
3. Yoriqlarni xosil qiladigan tektonik xarakatlar.
Burmalanish eng oddiy ko‘rinishi, ularning qanday sharoitda kelib chiqishidan kat‘iy nazar, antiklinal va sinklinaldir. Eng oddiy xollarda antiklinal va sinklinal rel‘efda to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘z aksini topadi yoki shu joyda aniq ko‘ringan rel‘ef xosil bo‘ladi.
Rel‘ef burmalanishiga faqat burmalanish tipi emas,balki ularning rejadagi shakli xam ta‘sir qiladi. Rel‘ef xosil bo‘lishda tog‘ jinslarining tarkibi va bir xil jinslardan tashkil topganligi xam juda katta rol‘ o‘ynaydi. Shu bilan birgalikda tektonik xarakatlarning kuchligiga va davomiyligi bog‘liqdir. Bo‘larning ta‘siri burmalanishning ichki tuzilishiga va kattaligiga ta‘sir qiladi.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling