Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari
Download 87.91 Kb.
|
geomorfologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik nurash.
Nurash va relef
Yer yuzasidagi har qanday jinslar xaroratning yil davomida sutkali tebranib turishi, havo va namning o‘zgarishi hamda ximiyaviy ta‘sir etishi va nihoyat organizmlarning hayot faoliyati natijasida nuraydi. Quyosh, xavo, namlik va organizmlarning ta‘siridan tog‘ jinslarining o‘zgarishi nurash jarayoni deb ataladi. Nurash Mexanik, ximiyaviy va biologik nurashga bo‘linadi. Mexanik nurash. Qattiq yaxlit jinslarning katta kichik parchalarga bo‘linib sinishiga mexanik (fizik) nurash deb ataladi. Bunda jinslarni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. Xaroratning o‘zgarib turishi mexanik nurashning asosiy omilidir. Ayniqsa kontitental, arktik tropik, subtropik iqlimli mintaqalarda bu hodisa o‘z ifodasini topdi. Agar jins yoriqlarga suv kirib muzlasa, u holda mexanik nurash jarayoni yana ham tezlashadi. Suv muzlaganda uning hajmi kengayishi ma‘lum. Suvning yer yoriqlarida muzlashidan uning 1 sm kv yuzada (yer yorig‘ida) itarish kuchi 870 kg. ga yetadi. G‘oyat katta bunday kuch har qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog‘liq bo‘lgan mexanik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Mexanik nurash natijasida qattiq jinslar mayda-mayda qirrali bo‘lib ketadi. Hatto zarrachalari: 0,01 mm gacha yetadi. qattiq jins zarrachalarining issiqdan kengayib ketishi va tuzlarning jins orasida to‘planishi ham mexanik nurashga kiradi. Tog‘ jinslari har xil minerallardan hosil bo‘lganligi uchun issiqlikni bir xil o‘tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil mineraldan tuzilgan tog‘ jinslari ham bir xilda kengaymaydi, chunki mineral kristali hamma tomonga kengayadi. Shunga ko‘ra, tog‘ jinslari tashkil qilgan minerallarning issiqdan kengayishi va torayishi natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi. Quyidagi jadvaldan ba‘zi bir minerallar xajmining issiqdan kengayish koeffitsenti Berilgan Tuproq hosil qiluvchi jarayonlar. Tuproq hosil qilishda V. V. Dokuchaev asosan 5 omil ishtirok etishini ko‘rsatadi: 1.Tuproq hosil bo‘luvchi tub jins; 2.O‘simlik va hayvon organizmlari; 3.Iqlim 4.Tub jinsning Yoshi 5. Rel‘ef tuzilishi ichida asosiy o‘simlik hisoblanadi Download 87.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling