Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet15/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Yonbag’irlar va relef
Yonbag'ir - musbat relyef shakllari (tog‗, qir-adir, tepalik, do‗nglik, marza va h.k.) ning atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. Olimlaming hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer shari qumqlikning 80% yuzasi yonbag‗irdan iborat ekan. Yer yuzasida ideal tekislikni topish murakkab masala. Chunki Yer sharida deyarli barcha tekisliklar yuzasi ma‘lum darajada botiq, qavariq yoki turli o‗yiqlar bilan parchalangan. Yonbag‗irlami aniqlashda moddalami yuqoridan pastga tomon siljita oladigan nuqtani topish lozim. Taniqli olim S.S.Voskresenskiy qiyaligi 2° dan katta boMgan yerlami yonbag‗ir deb atashni taklif etgan. Yonbag'irlami tasniflash bilan ko‗plab olim va mutaxassislar shug‗ullangan. Yonbag‗irlar kelib chiqishi, qiyaligi, uzunligi, shakli, yoshi va boshqa xususiyatlariga ko‗ratasniflanadi. Yonbag‗irlar qiyaligiga ko‗ra, quyidagi 5 turga ajratiladi: tik yonbag‗ir - qiyaligi 35° dan katta; juda qiya yonbag‗ir - qiyaligi 35-15°; o‗rtacha qiyalikdagi yonbag'ir - qiyaligi 15-8°; yassi yonbag‗i r - qiyaligi 8-4°; juda yassi yonbag‗ir - qiyaligi 4-2°. Yonbag‗irlaming qiyaligiga qarab yonbag‗irda sodir bo‗ladigan jarayonlami va ulardan iqtisodiyotda foydalanish yo'llarini bilib olish mumkin. Yonbag‗irlar uzunligiga ko‗ra, quyidagi uch turga ajratiladi: uzun yonbag‗ir -uzunligi 500 m dan uzun; o‗rtacha uzunlikdagi yonbag‗ir - uzunligi 50 m dan 500 m gacha; qisqa (kalta) yonbag‗ir - uzunligi 50 m dan kam. Yonbag‗irlar genezisiga ko‗ra, eng avvalo, ikki yirik guruhga ajraladi. Birinchisi, endogen, ikkinchisi esa, ekzogen yonbag‗irlardir.Ular, o‗z navbatida, bir nechta turlarga bo'linadi. Endogen genezisli yonbag‗irlar Yer po‗stining tektonik harakatlari (burmali, palaxsali, tebranmali), magmatizm (intruziv, effuziv) va zilzilalar ta‘sirida yuzaga keladi. Psevdovulkanizm (ya‘ni loyli vulkanlar) hodisasi ham o‗ziga xos yonbag‗irlami barpo etadi. Ekzogen jarayonlarning turiga qarab, yonbag‗irlar bir nechta turlarga ajratiladi. Masalan, flyuvial, gravitatsion, abraziv, glyatsial, eol, Yer osti suvlari va muzloq yerlardagi jarayonlar barpo etgan yonbag‗irlar mavjud. Shuningdek, organogenik yonbag‗irlar hamda antropogen yonbag‗irlar ham ekzogen genezisli yonbag‗irlarga kiradi.Yonbag‗irlarning morfologik va morfometrik tuzilishini o‗rganish, ularning ko‗p holatlarda bir nechta omillar ta‘sirida vujudga kelganligi ma‘lum boMdi. Natijada, dastlab, shu yonbag‗irning hosil boMishida ishtirok etgan yonbag‗ir hosil qiluvchi jarayonlar aniqlanadi. Yonbag‗irlarda sodir boMadigan jarayonlarga ko‗ra, A.l.Spiridonov ularni quyidagi turlarga bo‘adi
1. Sof gravitatsion yonbag'irlar, ular tog‗ qulashlari, qurumli, ko‗chki oqibatida vujudga keladi. Ularning qiyaligi 35-40° va undan katta boMadi.
2. Blokli harakat yonbag 'irlari surilma, oplivina-yuza, surilma, yonbagM darning darzli cho‗kishi natijasida hosil boMib, ularning vujudga kelishida gravitatsiya kuchlari bilan bir qatorda, Yer osti suvlari faol ishtirok etadi. Qiyaligi 20° dan 40° gacha.
3. Yumshoq jinsli yuza qatlamlarning yoppasiga siljishi natijasida hosil boMgan yonbagMrlar guruntdagi suvning miqdoriga bogMiq holda sodir boMadi. Qiyaligi 40° dan 2-3° atrofida.
4. Delyuvial (yuza yuvilish) yonbag'irlar. Bunda turli qiyalikdagi yuzalarda yomgMr va qorning erishidan hosil boMgan suvlar mayda zarracha (qum, loyqa, supes, suglinka)larni yuvadi va yonbagMrning pastki qismiga to‗shaydi. Delyuvial jarayon deganda, mayda jinslami sidirg‗asiga qoplama suvlarning oqishi, jinslarni tashishi va to‗shashaini tushunamiz. To‗shalgan yotqiziq delyuviy deb ataladi. YonbagMrlaming rivojlanishi, yoshi haqida M.Deyvis, V.Penk, L.King va boshqalar original g‗oyalami olg‗a surishgan. V.Penk togMarmng yemirilishini, U.M.Deyvis ta‘kidlaganidek, tepadan vertikal yo‗nalishda emas, balki yonidan gorizontal yo‗nalishda yonbagMrlarning chekinishi hisobiga sodir boMadi, deb hisoblaydi.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling