Yer. Yerning shakli. Yerning oʻz oʻqi atrofida va quyosh atrofida aylanishi. Kun va tun almashinishi. Yil fasllarining almashinishi. Ekvator. Meridian va parallel chiziqlar. Globus. Xarita. Oy, Uning fazolari. Reja


Download 27.02 Kb.
bet2/7
Sana10.11.2023
Hajmi27.02 Kb.
#1761341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YER. YERNING SHAKLI. YERNING OʻZ OʻQI ATROFIDA VA QUYOSH ATROFIDA AYLANISHI. KUN VA TUN ALMASHINISHI. YIL FASLLARINING ALMASHINISHI. EKVATOR. MERIDIAN VA PARALLEL CHIZIQLAR. GLOBUS. XARITA. OY, UNING FAZOLARI.

2.Kun va tun almashinishi.
«Quyosh chiqdi», «Quyosh tepaga ko‘tarildi», «Quyosh botdi» degan iboralarga odatlanib qolganmiz. Quyosh haqiqatdan ham chiqib botadimi yoki bizga shunday tuyuladimi?
O‘tmishda, taxminan 1000 yillar ilgari, Yer bir joyda qo‘zg‘almay turadi, Quyosh va boshqa osmon jismlari Yerning atrofida aylanadi, deb hisoblanilgan (bu — geotsentrik nazariya).
Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Yer va boshqa say- yoralaming Quyoshga bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikmi o‘rtaga tashlagandan keyin Yer bilan Quyoshning bir-biriga nisbati va bog'liqligi haqidagi tasawurlar o‘zgara boshladi. Hajmi Yer hajmidan million baravardan ziyod katta bo‘lgan Quyoshni Yer atrofida aylanadi, deyish haqiqatan aql bovar qilmaydigan fikrdir.
Beruniy geotsentrik nazariyani rad etib, geliotsentrik nazariyani ilgari surgandan va Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishi isbot etilgandan keyin Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelina boshlagan.
Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlovchi dalillarga to‘xtab o‘tamiz. Biz Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini sezmaymiz, chunki o‘zimiz ham u bilan birga aylanamiz. Masalan, poyezd yurib ketayotganda vagon derazasidan tashqariga qarasangiz daraxtlar, simyog‘ochlar va binolar poyezd ketayotgan yo‘nalishning teskarisiga, ya’ni orqaga tomon yugurib ketayotgandek tuyuladi. Buni ko‘pchiligingiz kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Ammo yo‘lovchida poyezd o‘z o‘mida qimirlamay turibdi-yu, daraxtlar, simyog‘ochlar harakat qi- layotgandek taassurot qoldiradi. Xuddi shunga o‘xshash, bizga Yer emas, balki Quyosh va yulduzlar harakatlanayotgandek tuyuladi, chunki biz o‘zimiz Yer bilan birga aylanamiz. Quyoshning chiqib-botishi uning faqat ko‘rinma holatidir. Aslida Quyosh chiqib-botmaydi. Quyoshning osmondagi ko‘rinma harakati, tun bilan kunning almashinib turishining asosiy sababi — Yerning g‘arbdan sharqqa qarab 24 soatda bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqishidir. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida 24 soatda to‘liq bir aylanib chiqadigan vaqtiga sutka deyiladi.
Quyosh bir sutka davomida Yer sharining hamma tomonini bir yo‘la yorita olmaydi. U navbat bilan Yeming goh bir tomonini, goh ikkinchi tomonini yoritadi, binobarin, Yerning aylanib Quyoshga qaragan tomonida kun, Quyosh nuri tushmay turgan tomonida tun bo'ladi. Yerning sutkalik harakati natijasida kun bilan tun chegarasi Yer sathi bo‘ylab g‘arbga tomon siljiy boradi. Shuning uchun har 12 soatda Yer shari­ning manzarasi o‘zgaradi: Quyosh tepamizda turgan joyda 12 soatdan keyin yarim kecha bo‘ladi.
Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlovchi dalillardan yana biri — Fuko mayatnigining harakatidir.
Fransuz fizigi Fuko Parijning eng baland binolaridan biri- ning shipiga 30 kilogrammlik toshni uzunligi 70 metr keladigan sim bilan osib qo‘yib mayatnik yasaydi. Har qanday mayatnik hamma vaqt bir yo‘nalishda, ya’ni dastlabki harakat- ga keltirilgan yo‘nalishida tebranishga intiladi.
Fransuz fizigi Fuko Yeming aylanishini mayatnikning ana shu xususiyatidan foydalanib kuzatish mumkinligini tushuntir- di. Mazkur mayatnik osib qo‘yilgan ship ham, binoning o‘zi ham Yer bilan birga aylanganligidan, tebratib yuborilgan ma­yatnik Yerning harakatiga qarshilik ko‘rsatishi va o‘zining dast­labki yo‘nalishida tebranishga intilishi lozim. Binobarin, shi­piga mayatnik osilgan bino Yeming aylanishi tufayli burilishi bilanoq mayatnik o‘zining tebranish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak.



Download 27.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling