3.Yil fasllarining almashinishi.
Yil fasllari — bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shim. qutb, bir Jan. qutb Quyoshga qarab qoladi. Shim. qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda Shim. yarim shar koʻproq isiydi, Jan. qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa Jan. yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi. Shim. yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb — Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21—22 mart); yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 —22 iyun); kuz faslining boshlanishi deb — Quyoshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan oʻtishi (23 sentabr) va qishning boshlanishi deb — Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi (21—22 dek.) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarim sharda bularning aksi boʻladi.
Yil fasllari bir-biridan Yer yuzining hamma joyida ham farq qila bermaydi. Masalan, ekvator yaqinida havo doim bir xil boʻladi. Bu oʻlkalarga ikki tomondan tutashgan joylarda (ekvator yoni oʻlkalarda) yil 2 faslga boʻlinadi: qurgʻoqchil va seryomgʻir fasl. Oʻzbekiston joylashgan kengliklarda esa bahor va kuz fasllari qisqaroq (2 oy atrofida), yoz fasli uzun (5 oy chamasi) boʻladi. Qutbiy oʻlkalarda, aksin-cha, yoz juda qisqa, qish uzoq davom etadi.
Yil fasllarining astronomik uzunligi: bahorniki 92,8 sutka, yozniki 93,6 sutka, kuzniki 89,8 sutka va qishniki 89,0 sutka, biroq turli zonalarda Yil fasllarining uzunligi turlicha boʻladi.
4.Ekvator.
Ekvator (lotincha: aequator — teng boʻluvchi), geografik ekvator, Yer ekvatori
1) Yer yuzasida qutblardan teng uzoqliqdan oʻtkazilgan katta aylana chiziq; Yerning aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan va uning markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer yuzasining kesishgan chizigʻi. Ekvator uzunligi 40 075 696 m. Ekvator Yer sharini ikkiga — Shimoliy va Janubiy yarim sharlarga boʻladi. Geografik kengliklar Ekvatordan qutblarga tomon hisoblanadi. Ekvatorda kecha va kunduz doimo teng boʻladi. Quyosh Ekvator ustida har yili 2-marta — bahorgi teng kunlik va yozgi teng quk/shklarda zenitda boʻladi;
2) Osmon ekvatori — osmon sferasi barcha nuqtalarining olam qutblaridan 90° da joylashgan katta doirasi. Osmon Ekvator tekisligi Yer Ekvator tekisligiga parallel va kuzatish joyidan biror tomonda ufq tekisligiga 90° — (r burchak ostida qiya joylashgan, f — bu yerda joyning kengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |