Yer yuzidagi barcha xalqlarning o’z ona tili bor. Hozirgi davrda dunyoda 2500 dan 5000tagacha til borligi ma’lum


Download 16.52 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi16.52 Kb.
#1503582
1   2   3
Bog'liq
ma\'ruzalar

Tilim, tilim va yana tilim,
Ona tilim.
Ulus tilim, elat, xalq tilim,
Ulug’ tilim, abad haq tilim,
Navoiyga zor, ilhaq tilim.
Ona tilim.
Ota bo’lib, otlangan tilim,
Ona bo’lib shodlangan, tilim.
Bola bo’lib, yodlangan,tilim.
Ona tilim.
Boshimda bosh bor ekan- borsan,
Ko’zimda yosh bor ekan borsan,
Toki quyosh bor ekan, borsan,
Ona tilim.

Millatning millat darajasida shakllangani, uning o’zligi, madaniyat darajasini ko’rsatuvchi eng asosiy omillardan biri-tildir.
Til-millatning ulkan boyligi ,bebaho mulkidir, deyiladi . O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"-gi qonunida. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida ham tilga alohida e’tibor qaratib,
O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbida, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir.”-deb ta’kidlab o’tilgan.
Mana hademay, O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"-gi qonunini qabul qilinganiga
22 yil to’ladi. O'zbekiston Respublikasining barcha mehnat jamoalarida, barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida davlat tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar-badiiy kechalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, haftaliklar,ko’rik-tanlovlar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etiladiki, bularning hammasi tilimizning boyligini yanada cho’qurroq anglashga xizmat qiladi.
O’zbek tili oyligining oktabr oyida o’tkazilishi "Davlat tili haqida"-gi qonunning amaldagi ijrosi bilan bevosita bog’liqdir. Uni o’tkazishdan maqsad ta’lim tilidan qat’iy nazar, maktab o’quvchilari ongi va qalbida milliy g’oyalarni singdirish, ularga milliy va umumbashariy qadriyatlarga, shu jumladan, o’zbek tiliga mehr-muhabbat va hurmat, ona-Vatanga sadoqat, bag’ri kenglik kabi eng yuksak tuyg’ularni kamol toptirishdan iborat.Shunday ekan 4-haftalik fan oyligi o’zining ko’lami, rang-barangligi va qiziqarliligi bilan alohida ajralib turadi.

Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling