Yer yuzidagi barcha xalqlarning o’z ona tili bor. Hozirgi davrda dunyoda 2500 dan 5000tagacha til borligi ma’lum


-2012-o’quv yilida ta’lim boshqa tillarda


Download 16.52 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi16.52 Kb.
#1503582
1   2   3
Bog'liq
ma\'ruzalar

2011-2012-o’quv yilida ta’lim boshqa tillarda
(tojik) boriladigan maktablarda fan oyligini o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejasida o’zbek tili samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan vazifalar Respublikamiz hayotidagi dolzarb masalalar qamrab olishi lozim. Bunda “ Barkamol avlod yili” Davlat dasturi, hazrat A. Navoiy va Z.M.Boburning tavallud kunlari. 21-fevral-Xalqaro Ona tili kuni ayniqsa O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"-gi qonunning ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan masalalariga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Oylikning birinchi haftasida O”quvchilarning shu fan bo’yicha egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida kirish testlari o’tkaziladi,natijalar tahlil qilinib, o’qituvchilar tomonidan murakkab mavzular yuzasidan dars ishlanmalari, sinfdan tashqari tadbirlar senariylari tayyorlanadi.
Hozirgi kun talabi o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlik munosabati yordamida ta’limda ijobiy natijalarga erishishdir.
Oylikning ikkinchi haftasida ‘O’zbek tili-davlat tili”,”O’zbek tili tarixi”,”O’zbek tili- millatlararo do’stlik tili” shu kabi mavzularida ochiq darslar o’tkazilishi, mazkur darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, unda maktab ma’muriyati , fan o’qituvchilari va ota-onalarning ishtiroki ta’minlashi eng yaxshi ochiq dars baholanib, o’qituvchi taqdirlanishi, ochiq darslar ishlanmasi oylik yakuni bo’yicha ma’lumotnomaga ilova etilishi lozim.
O’quvchilar tomonidan ”O’zbek tili-do’stlik tili”,”Milliy qahramonlarimiz”,”Buyuk allomalarni yod etib...”,”Kitob- bilim manbai”,”Adabiyotimiz siymolari”,”Men yoqtirgan asar” mavzusida referatlar, devoriy gazetalar tayyorlanadi, ularning eng yaxshilari tanlab olinib, maktab foyesida ko’rgazmalar tashkil etish va o’quvchilarni rag’batlantirish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda bir necha ko’rik-tanlovlar tashkil etish. Bular “Ertaklar olamida” rasm chizish tanlovi,”eng namunali diktantlar”... Bunday tanlovlar orqali o’quvchilar orasida yosh ijodkorlarni kashf etishga erishiladi.
Davlat tili fan oyligini tashkil etish vaqtida o’quvchilarning tadbirlarga ixtiyoriy ravishda qatnashishi ,intilishi, ularga tadbirning mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar o’quvchilarda fanga ko’proq qiziqishini o’yg’otish uchun oylik davomida faol qatnashgan ishtirokchilarni munosib rag’batlantirish lozim. Har bir tadbirdan tayyorlangan fotolavhalarni maktab foyesida joylashtirish tadbir haqida maqola va suratlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, davlat tilini o’rganishga,qiziqishi kuchayishiga xizmat qiladi.
Fan oyligining 4- haftasida O’quvchilardan chiqish testlari olinib, oldingi natijalar qiyoslanib, amalga oshirilgan ishlar,O’tkazilgan tadbirlar bo’yicha tahlillar, xulosalar umumlashtiriladi. Faol qatnashgan sinf, o’quvchi,o’qituvchitaqdirlanadi.










Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling