Yerning shakli to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi
Download 23.49 Kb.
|
1-mavzu.Geologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerning shakllari va ularning xususiyatlari.
- Yerning kattaligi.
- 4. Yer shakli va kattaligining geografik oqibatlari.
Yerning shakli to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Yerning shakli va kattaligini aniqlash qadimgi davrlardan to hozirgacha tabiatshunoslik fanlarining muhim muammolaridan biri bo`lib kelmoqda. Qfadimgi davrlarda yer shaklini “yassi”, “to`rtburchak”, “disk”simon deb o`ylaganlar. Yerning shaklini sharsimon ekanligini yunon olimlaridan Pifagor, Aristotel, yeratosfenlar birinchi bo`lib aytganlar va isbotlashganlar. Turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Farg`oniy, Byeruniylar ham bu fikrni isbotlashga uringanlar. 1940 yillarda olib borilgan o`lchash ishlari natijasida yer elipsoid degan fikrga kelindi. 1873 yilda nemis geodezisti yer shaklini geoid deb nomladi. 1960 yillardan so`ng yer shakli kardioid ya’ni yuraksimon shakli aniqlandi. Byuunday fikrga kelinishida sunoiy yo`ldoshlarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan maolumotlar asos bo`ldi. Shunday qilib, yerning sharsimon, elipsoid, geoid, kardioid shakllari aniqlangan. Lekin bu shakllar o`rtasida unchalik katta farq yo`q, shuning uchun biz yerning shakli to`g`risida so`z yuritganda, “yer shari” tushunchasidan ko`proq foydalanamiz. Ilmiy-tadqiqot ishlarida yerning har bir shaklini xususiyatlarini e’tiborga olish zarurdir. Yerning shakllari va ularning xususiyatlari. Sharsimon shakl - yerning eng umumlashgan birinchi shaklidir. Bu shaklda alohida ifodalangan simmetriya o`qi yo`qdir, unda behisob teng uzunlikdagi o`qlarni kuzatish mumkin. Yerning sharsimon shaklini undan ortiq isbotlari aniqlangan. Shunday bo`lsada, sharsimon shakl yerning haqiqiy shakliga mos kelmaydi. elipsoid shakl 1940 yilda rus olimi N.F.Krasovskiy rahbarligida olib borilgan o`lchash ilaridan so`ng foydalanila boshlandi. U yerning haqiqiy shakliga yaqinroq bo`lgan shakldir. elipsoid bo`yicha aniqlangan yer maydoni 510 mln kv.km. Geoid geometrik shakl bo`lmasdan u “yerning o`z shakli” maonosida qo`llaniladi. Ҳaqiqatg`dan ham yerning shakli juda murakkab va o`ziga xos bo`lib u hech qanday geometrik shaklga o`xshamaydi. Kardioid to`nkarilgan yuraksimon shaklda bo`lib, shimoliy qutb janubiy qutbga nisbatan +30 gradus bo`rtgandir. Bu shaklda qutbiy asimmetriya vujudga keladi. Yerning kattaligi. Yer sayyorasi quyosh sistemasida o`zining kattaligi jihatdan 5-o`rinda turadi. Yer maydonining 361 mln km.kv. suvlik 149 mln. km. kv. quruqlik tashkil etadi. Yerning sharining o`rtacha radiusi 6371,2 km. Myeridian uzunligi 40008.6 km. ekvator uzunligi 40075,7 km, rning hajmi 1,083*1012 km3, yerning massasi 5,976*1021 t, yerning o`rtacha zichligi 5,52 gr/sm3. Yerning tabiiy yo`ldoshi oydir. 4. Yer shakli va kattaligining geografik oqibatlari. 1. Yerning sharsimonligidan kecha va kunduz hosil bo`ladi. 2. Yerning sharsimonligidan quyosh nurlari kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanadi. Bu bog`liqlikni 1=90 S formulasi bilan aniqlash mumkin. 3. Yer yuzasiga quyosh nurlarining turli burchak bilan tushishi natijasida yuza turli miqdordagi quyosh enyergiyasini oladi. Buni 1-rasmdan ko`rish mumkin. S va V yuzaga nisbatan quyosh nurlari A yuzaga tik burchak bilan tushmoqda. Shu bilan birga A yuza S va V yuzalarga nisbatan ham quyo nurlrini enyergiyasini ko`p olmoqda. Bu bog`liqlikni 1.1=0.0 ..1p formulasi bilan aniqlash mumkin. Bundan ko`rinadiki, quyosh nurlarining intensivligi nurlari tushishini sinus burchagiga to`g`ri proporcionaldir. Bundan tashqari yer sharsimonligi sababli quyosh enyergiyasini notekis taqsimlanishi geografik qobiqda zonallik qonuniyatini hosil qiladi. 3. Yerning elipsoid shakli bilan kengliklar bo`yicha og`irlik kuchi miqdori turlicha bo`ladi. Masalan, og`irlik kuchi qutblardan ekvatorga tomon kamayib boradi. 4. Yernng geoid shakli matyerik va okeanik yuzalarni turli sathlarda joylashganligini ko`rsatadi. Demak, okean va matyerik poydevorlari bir-biri bilan mustahkam bog`lanmagan. Ular maolum tashqi taosir natijasida bir-biriga nisbatan siljishi mumkin. 5. Kardioid shakl. K.Mrkovning fikricha, qutbiy asimmetriyani hosil qiladi. Masalan, shimoliy va janubiy yarimsharlar bir-biridan o`simlik, hayvonot dunyosi bilan, matyerik va suvliklar maydoni tarqalishi bilan tabiat zonalari tarqalishi bilan farqlanadi. Yer massasi hosil qilgan tortish kuchi atmosfyera, gidrosfyera qobiqlarini ushlab turadi, Oy yer atrofida aylanadi, bulut suvlari yer yuzasiga yog`in shaklida tushadi; - og`irlik kuchiga bog`liq holda atmosfyeradagi gazlar vyertikal yo`nalishda joylashadi. Yaoni og`irroq gazlar atmosfyeraning quyi qismida, eng engil gazlar vodorod, geliy yuqori qismida joylashgan.- atmosfyera va gidrosfyerani bo`lishi geografik qobiqda hayotning paydo bo`lishi va sekinlashiga sabab bo`ladi, ya’ni atmosfyera yer issiqligini saqlaydi, “ozon qatlami” esa ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Download 23.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling