Yerning shakli to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi


Download 23.49 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi23.49 Kb.
#1310222
Bog'liq
1-mavzu.Geologiya


Yerning shakli to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.

  • Yerning shakli va kattaligini aniqlash qadimgi davrlardan to hozirgacha tabiatshunoslik fanlarining muhim muammolaridan biri bo`lib kelmoqda. Qfadimgi davrlarda yer shaklini “yassi”, “to`rtburchak”, “disk”simon deb o`ylaganlar. Yerning shaklini sharsimon ekanligini yunon olimlaridan Pifagor, Aristotel, yeratosfenlar birinchi bo`lib aytganlar va isbotlashganlar. Turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Farg`oniy, Byeruniylar ham bu fikrni isbotlashga uringanlar.

  • 1940 yillarda olib borilgan o`lchash ishlari natijasida yer elipsoid degan fikrga kelindi.

  • 1873 yilda nemis geodezisti yer shaklini geoid deb nomladi.

  • 1960 yillardan so`ng yer shakli kardioid ya’ni yuraksimon shakli aniqlandi. Byuunday fikrga kelinishida sunoiy yo`ldoshlarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan maolumotlar asos bo`ldi.

  • Shunday qilib, yerning sharsimon, elipsoid, geoid, kardioid shakllari aniqlangan. Lekin bu shakllar o`rtasida unchalik katta farq yo`q, shuning uchun biz yerning shakli to`g`risida so`z yuritganda, “yer shari” tushunchasidan ko`proq foydalanamiz. Ilmiy-tadqiqot ishlarida yerning har bir shaklini xususiyatlarini e’tiborga olish zarurdir.

Yerning shakllari va ularning xususiyatlari.

  • Sharsimon shakl - yerning eng umumlashgan birinchi shaklidir. Bu shaklda alohida ifodalangan simmetriya o`qi yo`qdir, unda behisob teng uzunlikdagi o`qlarni kuzatish mumkin.

  • Yerning sharsimon shaklini undan ortiq isbotlari aniqlangan. Shunday bo`lsada, sharsimon shakl yerning haqiqiy shakliga mos kelmaydi.

  • elipsoid shakl 1940 yilda rus olimi N.F.Krasovskiy rahbarligida olib borilgan o`lchash ilaridan so`ng foydalanila boshlandi. U yerning haqiqiy shakliga yaqinroq bo`lgan shakldir.

  • elipsoid bo`yicha aniqlangan yer maydoni 510 mln kv.km.

  • Geoid geometrik shakl bo`lmasdan u “yerning o`z shakli” maonosida qo`llaniladi. Ҳaqiqatg`dan ham yerning shakli juda murakkab va o`ziga xos bo`lib u hech qanday geometrik shaklga o`xshamaydi.

  • Kardioid to`nkarilgan yuraksimon shaklda bo`lib, shimoliy qutb janubiy qutbga nisbatan +30 gradus bo`rtgandir. Bu shaklda qutbiy asimmetriya vujudga keladi.

Yerning kattaligi.

  • Yer sayyorasi quyosh sistemasida o`zining kattaligi jihatdan 5-o`rinda turadi. Yer maydonining 361 mln km.kv. suvlik 149 mln. km. kv. quruqlik tashkil etadi. Yerning sharining o`rtacha radiusi 6371,2 km. Myeridian uzunligi 40008.6 km. ekvator uzunligi 40075,7 km, rning hajmi 1,083*1012 km3, yerning massasi 5,976*1021 t, yerning o`rtacha zichligi 5,52 gr/sm3. Yerning tabiiy yo`ldoshi oydir.

  • 4. Yer shakli va kattaligining geografik oqibatlari.

  • 1. Yerning sharsimonligidan kecha va kunduz hosil bo`ladi.

  • 2. Yerning sharsimonligidan quyosh nurlari kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanadi. Bu bog`liqlikni 1=90 S formulasi bilan aniqlash mumkin.

  • 3. Yer yuzasiga quyosh nurlarining turli burchak bilan tushishi natijasida yuza turli miqdordagi quyosh enyergiyasini oladi. Buni 1-rasmdan ko`rish mumkin.

  • S va V yuzaga nisbatan quyosh nurlari A yuzaga tik burchak bilan tushmoqda. Shu bilan birga A yuza S va V yuzalarga nisbatan ham quyo nurlrini enyergiyasini ko`p olmoqda. Bu bog`liqlikni 1.1=0.0 ..1p formulasi bilan aniqlash mumkin. Bundan ko`rinadiki, quyosh nurlarining intensivligi nurlari tushishini sinus burchagiga to`g`ri proporcionaldir.

  • Bundan tashqari yer sharsimonligi sababli quyosh enyergiyasini notekis taqsimlanishi geografik qobiqda zonallik qonuniyatini hosil qiladi.

  • 3. Yerning elipsoid shakli bilan kengliklar bo`yicha og`irlik kuchi miqdori turlicha bo`ladi. Masalan, og`irlik kuchi qutblardan ekvatorga tomon kamayib boradi.

  • 4. Yernng geoid shakli matyerik va okeanik yuzalarni turli sathlarda joylashganligini ko`rsatadi. Demak, okean va matyerik poydevorlari bir-biri bilan mustahkam bog`lanmagan. Ular maolum tashqi taosir natijasida bir-biriga nisbatan siljishi mumkin.

  • 5. Kardioid shakl. K.Mrkovning fikricha, qutbiy asimmetriyani hosil qiladi. Masalan, shimoliy va janubiy yarimsharlar bir-biridan o`simlik, hayvonot dunyosi bilan, matyerik va suvliklar maydoni tarqalishi bilan tabiat zonalari tarqalishi bilan farqlanadi.

  • Yer massasi hosil qilgan tortish kuchi atmosfyera, gidrosfyera qobiqlarini ushlab turadiOy yer atrofida aylanadi, bulut suvlari yer yuzasiga yog`in shaklida tushadi;

  • - og`irlik kuchiga bog`liq holda atmosfyeradagi gazlar vyertikal yo`nalishda joylashadi. Yaoni og`irroq gazlar atmosfyeraning quyi qismida, eng engil gazlar vodorod, geliy yuqori qismida joylashgan.- atmosfyera va gidrosfyerani bo`lishi geografik qobiqda hayotning paydo bo`lishi va sekinlashiga sabab bo`ladi, ya’ni atmosfyera yer issiqligini saqlaydi, “ozon qatlami” esa ultrabinafsha nurlardan saqlaydi.

Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling