Yevropa turizmi mundarija: I bob. Yevropa turizmini rivojlantirish tajribasi


II BOB. YEVROPA TURIZMINI RIVOJLANTIRISH


Download 462.41 Kb.
bet8/12
Sana09.06.2023
Hajmi462.41 Kb.
#1467821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
YEVROPA TURIZMI

II BOB. YEVROPA TURIZMINI RIVOJLANTIRISH
2.1. Qishloq turizmini rivojlantirishda yevropa davlatlarining dasturlari
Qishloq turizmini rivojlantirishda jahonning ko’plab davlatlari Yevropa modelidan, dasturlaridan, strategik rejalaridan nusxa olmoqdalar. Chunki hozirda qishloq turizmi asosan Yevropa davlatlarida mukammal, barqaror rivojlanmoqda. Bunday yutuqlarning bosh sababi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishda o’zaro hamkorlikni, hamdo’stlikni yaxshi yo’lga qo’yganlar. Yevropa hamkorligi natijasida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida «Umumyevropa «Lider» dasturini» ishlab chiqdilar.
Dasturning loyihalari «Yevropa Ittifoqi» fondidan moliyalashtiriladi. Dastur loyihalari bo’yicha Yevropadagi davlatlarning 2000 ta mintaqasida qishloq turizmi maqsadli strategik reja bo’yicha rivojlanmoqda. Hozirga kelib ma’lumki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish va undan daromadlar olish bo’yicha jahondagi mamlakatlar ichida yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqdalar.
Jadvaldagi ma’lumotlardan Yevropa mamlakatlarida qishloq turizmining nihoyatda rivojlanib borayotganligini ko’ramiz. Bu holatning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  1. Yevropa davlatlari o’zaro hamkorlikda har bir mamlakatda qishloq turizmini rivojlantirishning strategik rejalarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.

  2. Yevropa davlatlarida qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa Ittifoqining «Umumyevropa «Lider» dasturi» muhim rol o’ynaydi va bu dastur loyihalarini «Yevropa Ittifoqi» moliyalashtiradi.

  3. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan noqulay yerlarni o’zlashtirish, iqtisodiy holati qoniqarsiz rivojlanayotgan hududlar e’tiborga olinadi.

  4. Qishloq turizmini rivojlantirishda chegaradosh davlatlar o’xshash dasturlarni qabul qiladi.

  5. Qishloq turizmini rivojlantirishga davlat kreditlar va dotatsiyalar ajratadi, xususiy investorlar yordam beradi.

  6. Qishloq turizmini rivojlantirishda qishloqlardagi barcha imkoniyatlardan foydalaniladi.

  7. Qishloq turizmini rivojlantirishda qishloqliklar Yevropa standartlari asosida xizmatlar ko’rsatishga davlat tomonidan o’qitiladi.

  8. Qishloq turizmini rivojlantirishda qishloq infratuzilmalarini yaratish, transport yo’llarini yaxshilash, joylashtirish vositalarini yaratish ishlariga davlat mablag’lar ajratadi.


Download 462.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling